O‘zbekiston | 16:14 / 02.06.2020
4221
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Tszyansi universitetining faxriy professori unvonini oldi

Tszyansi Xitoy an'anaviy tibbiyoti universiteti ilmiy kengashi O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidovga universitetning faxriy professori unvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Saidovga ushbu unvon xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun kasalliklarning zamonaviy profilaktikasi, diagnostikasi va davolashda zamonaviy usullar, an'anaviy tibbiyot tajribasi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy va akademik almashinuvlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda qo‘shgan hissasi uchun berildi.  

1959 yilda tashkil etilgan Tszyansi universiteti Xitoyning yetakchi ixtisoslashgan universitetlaridan biri bo‘lib, Xitoy an'anaviy tibbiyoti sohasida professional kadrlar tayyorlash, og‘ir va davolab bo‘lmas kasalliklar profilaktikasi va davolash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan shug‘ullanadi. 

Shunisi e'tiborga loyiqki, 2020 yil aprel oyida O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan xitoylik tibbiyot mutaxassislari delegatsiyasi tarkibida Tszyansi Xitoy an'anaviy tibbiyot universiteti 5 nafar mutaxassisi edi. Tszyansi universiteti vakillari O‘zbekiston hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘ldi. Xitoylik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda COVID-19ning oldini olish, nazorat qilish va davolash usullari bo‘yicha tajriba almashdilar.

Xitoy tibbiyoti zamonaviy tibbiyot bilan birgalikda yangi koronavirus pnevmoniyasining oldini olish, davolash va reabilitatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Buni XXRning bir qator mintaqalarida, birinchi navbatda Xubey provinsiyasi va Uhan shahrida o‘tkazilgan klinik kuzatishlar tasdiqlaydi.

Mavzuga oid