O‘zbekiston | 07:40 / 02.06.2020
19252
2 daqiqa o‘qiladi

Qurol muomalasi sohasida fuqarolardan undiriladigan yig‘imlar miqdori ochiqlandi

Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Jismoniy shaxslarning qurol muomalasi sohasiga doir ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi, ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun yig‘imlar miqdorlari ma'lum bo‘ldi.

Ular quyidagicha:

Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganda to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.

Qurol muomalasi sohasida ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun yig‘imlardan kelib tushgan mablag‘lar ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkillashtirish bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ruxsatnomalarning blankalarini tayyorlashga va ushbu bo‘linmalar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid