Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi
Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.
Markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila – muqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;
nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma'naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashish;
mashg‘ulotlar, nazariy-amaliy kurslar, mahorat saboqlari, davra suhbatlari, seminar-treninglarni ilg‘or ijobiy xorijiy tajribalarni inobatga olib, o‘quv jarayoniga eng so‘nggi ilmiy-uslubiy texnologiyalar
va reklama-axborot usullarini joriy etgan holda tashkil etish;
turmush qurish oldidan Markazlarda o‘qitilgan yosh oilalarning holatini har tomonlama o‘rganish va monitoring natijalaridan kelib chiqib, o‘quvlarni yanada takomillashtirib muvofiqlashtirib borish.
Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larining “mahalla va oila” yo‘nalishining asosiy faoliyati turlaridan kelib chiquvchi tadbirlarga ajratiladigan qismi hisobidan moliyalashtiriladigan, qo‘shimcha bittadan shtat birligi – yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar markazlarning faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan mas'ul hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026