Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 63 foiz turoperatorlar va 81 foiz mehmonxonalar va hostellar o‘z faoliyatini to‘xtatgan, birinchi bosqich ichki turizm orqali ularning faoliyatini qayta tiklashga bag‘ishlanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi hamda Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida o‘tgan “Tiklanish yo‘li” xalqaro onlayn turizm konferensiyasida O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshirilishini bildirdi.
“Birinchi bosqichda 2020 yilning 1 iyunidan O‘zbekistonning “yashil” va “sariq” toifali karantin zonalarida ichki turizm qayta tiklanadi”, - dedi A.Abduhakimov.
Shu sanadan e'tiboran ko‘rsatilgan zonalarda tegishli tashkilotlar – turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat, madaniy meros obektlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin.
O‘zbekistonda 63 foiz turoperatorlar va 81 foiz joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, hostellar) o‘z faoliyatini to‘xtatgan, birinchi bosqich ichki turizm orqali ularning faoliyatini qayta tiklashga bag‘ishlanadi. Shuningdek, xalqaro turizmni tiklashga maksimal tayyor bo‘lish uchun ushbu bosqichda «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» xavfsizlik tizimi joriy qilinadi.
Ikkinchi bosqich qo‘shni mamlakatlar va MDH davlatlari bilan tashkillashtirilgan hududiy turizmni qayta tiklashdan iborat bo‘ladi.
Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, bunda turistik guruhlarning butun sayohat davomida xavfsizlik, sanitar-gigiyenik talablar va ijtimoiy masofa choralariga rioya qilish masalalarini ishlab chiqish juda muhim, operativ reaksiya bildiruvchi qo‘shma guruhni tuzish ham maqsadga muvofiq.
“Shuningdek, biz bu ishni hududlar bo‘yicha hamkasblarimizga turli tematikadagi yangi aralash turlarni ishlab chiqish bilan ham uyg‘unlashtirishni taklif etamiz: gastronomik turlar, vitamin turlari, ko‘chmanchilar turlari, mototurlar, palov turlari, arxeologik hamda sizu bizning turistik shahar va markazlarimizdan o‘tuvchi boshqa turlar.
Bundan tashqari, biz maxsus «Silk Road Project» platformasini yaratdik, unda nafaqat Ipak yo‘li mamlakatlari turistik salohiyati, balki istiqbolli mintaqaviy turmahsulotlar va marshrutlar ham targ‘ib qilinadi.
Uchinchi bosqichda O‘zbekiston sekin-astalik bilan tashqi turizmni tiklaydi, bunda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, fuqarolariga mamlakatimizga kirish ruxsat etiladigan uzoq xorijiy davlatlar ro‘yxati tuziladi”, – dedi soha bo‘yicha kelajakdagi rejalarni bildirgan qo‘mita raisi.
Mavzuga oid
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
13:52 / 23.04.2026
Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo muzliklar hajmining 30 foizigacha qismini yo‘qotdi va bu jarayon tezlashyapti – Aziz Abduhakimov
14:41 / 20.03.2026
Turizm sohasi ishtirokchilariga yangi imtiyozlar beriladi
21:36 / 19.03.2026