Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook davlat nazoratidagi OAVning xabarlariga maxsus belgi qo‘yishni boshlaydi
Qayd etilishicha, birinchilardan bo‘lib Russia Today, Sputnik, Xinhua News va Philippine News Agency ana shunday belgiga ega bo‘ladi.
Foto: Johanna Geron / Reuters
Facebook ijtimoiy tarmog‘i davlat nazorat qiladigan ommaviy axborot vositalari joylashtirgan xabarlarga maxsus belgi qo‘yishni boshlaydi.
"Biz bu nashriyotlarning shaffofligini ta'minlaymiz, chunki ular davlatning strategik qo‘llab-quvvatlashi orqali ta'sir ko‘rsatadi va biz odamlar hukumat ta'siri ostidagi nashrlarning xabarlarini o‘qiyotganini bilib turishlari kerak deb hisoblaymiz", - deb yozdi kompaniyaning kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Natan Gleyxer.
Qayd etilishicha, belgilar dastlab OAVning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida paydo bo‘ladi, so‘ngra bir hafta davomida u joylashtirgan xabarlarga ham qo‘yiladi.
Ushbu chora OAV, boshqaruv, inson huquqlari sohasidagi ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Kompaniyaning bildirishicha, OAVning hukumatga qarashli ekanligi moliyalashtirish sxemasi va mediakompaniya tuzilmasi hamda u haqdagi ochiq ma'lumotlar asosida aniqlanadi.
Davlatga qarashli deb topilgan OAV shikoyat qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, birinchilardan bo‘lib Russia Today, Sputnik, Xinhua News va Philippine News Agency ana shunday belgiga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoq bunday belgi qo‘yishi haqida ilk bor 2019 yil oktyabrda ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
14:52 / 28.02.2026