Oçilayotgan aviaqatnovlar, rekordga intilayotgan özbek hunarmandlari va turizm muammolari - Aziz Abduhakimov bilan suhbat
|20:18 / 06.06.202037 89610 min
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Farğona viloyatiga taşrifi davom etmoqda. Taşrifning keçagi kunida davlat rahbari Marğilon şahridagi “Hunarmandlar markazi” faoliyati bilan ham tanişdi.
Jarayonlarni Farğonadan turib yoritayotgan Kun.uz muxbiri boş vazir örinbosari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan “Hunarmandlar markazi” faoliyati, uning turizm salohiyatini oşirişdagi örni, pandemiyaning turizmga ta'siri hamda sohani qayta tiklaş mavzusida intervyu uyuştirdi.
Aziz Abduhakimov
Abduhakimov yangi oçilgan markaz faoliyati haqida gapirar ekan, uning oddiygina savdo dökoni emas, birinçi navbatda, turistik obekt hisoblanişini alohida ta'kidladi.
«Bu yerda juda noyob an'anamiz – hunarmandçilik mahsulotlari joy olgan. Eng muhimi, odamlarni iş joyi bilan ta'minlaş, daromad olişlariga kömaklaşiş va madaniyatimizni butun dunyoga körsatiş, milliy hunarmandçiligimizni tarğibot qiliş imkoniyatiga ega bölamiz. «Özbekipaksanoat» assotsiatsiyasi bilan hamkorlik asosida bunday hunarmandçilik markazlarini respublika böyiça köpaytirişga kelişyapmiz», – dedi u.
Aytilişiça, uşbu markaz nafaqat işlab çiqariş hududi hisoblanadi, balki bu yerda öquv kurslari, savdo rastalari va hatto muzey ham taşkil etilgan.
«Mahalliy va xorijiy sayyohlar kelib, ipakçilik tarixi va buguni haqida ma'lumot olişlari mumkin. Markazda zamonaviy texnologiyalar ham joriy etilyapti. Bu yerga keluvçi mehmonlar uçun zamonaviy tölov tizimlari örnatiladi. WeChat yoki boşqa mobil ilovalar orqali ham bemalol tölovlarni amalga oşiriş mumkin böladi. 260ta turli muzey, arxeologik obekt, san'at, galereyalarni qamrab olgan VR-tur taşkillaştirilmoqda. Turizmga yönaltirilgan barça platformalarda ham VR-tur joylaştiriladi, kelmoqçi bölgan sayyoh ular bilan tanişib çiqiş imkoniyatiga ega böladi», – dedi Abduhakimov.
Boş vazir örinbosari intervyu davomida «Hunarmandlar markazi»da «Özbekipaksanoat» bilan birga işlab çiqaruvçilar mahsulotlarini eksportga yönaltiriş masalasi ham belgilanişi, umuman, ipakçilik sohasining turizm salohiyatini oşirişdagi örni haqida ham gapirdi.
«Xorijdan kelgan mehmonlarni bu yerga olib kelib, mahsulotni reklama qiliş, “ötkazişimiz” kerak. Ipakçilik yönalişidagi mahsulotlar eksportini bir neça karra köpaytiriş masalasini qöyganmiz. Ipakçilik mahsulotlarini yetiştiriş böyiça ham işlab çiqariş, ham hunarmandçilik, ham turizm masalasi kesişmoqda.
Mavzuga oid
Özimizdagi resurslarni birlaştirsak ham qöşimça qiymat köpayadi, ham eksport böladi, ham iş joylari ortadi. Özbekistonda ipak birjasi, ipak yarmarkalarini köproq taşkil etişimiz kerak.
Özbekiston Buyuk ipak yölining örta qismida – yuragida joylaşgan. Mana şu jarayon hozir yana tiklanmoqda. Iş joylari, eksport, turizm, Özbekistonning xorijdagi tarğiboti, aholining daromadini oşiriş – bu vazifalarning barçasi şu yerda birlaşadi.
Harir, baxmal, xonatlas, a'lobaxmal, adras, beqasam, jandi kabi mato turlari bor. Bularning barçasi katta potensial. Ularni YuNeSKOning reprezentativ röyxatiga kiritiş masalasini öylaşimiz kerak. Mutaxassislar bunga ilmiy yondaşib, san'at darajasiga olib çiqişi lozim.
Faqat atlasga qarab qolmaslik, qolganlariga ham diqqatni qarata oliş kerak. Bularning barçasi özbek millatining boyligi. Har bir naqşning ham öz ma'nosi bor, ular ilmiy yondaşuv asosida örganilişi kerak.
Xitoyliklar bu matolarning tayyor naqşini olib, printda çiqaryapti. Lekin biz özbek hunarmandining qöl mehnati bilan original tarzda işlanganini ommalaştirişimiz kerak. Agar qöl mehnati bilan qilingan işni tanita olsak, buning narxi bir neça baravarga oşadi», — dedi u.
Aziz Abduhakimovning ma'lumot berişiça, özbekistonliklar yaqin vaqtlar içida gilam töqiş sohasida Ginnesning rekordlar kitobiga kirişi mumkin. Unga köra, bu rekord gilam töqişda eng köp tugunça işlatiş böyiça böladi.
Bu haqda gapirar ekan, «Yaponiya, Koreya öz madaniyatini yuqori darajaga kötara olgan. Şu işni biz ham qilişimiz kerak. Bu dunyoni hayratda qoldiradigan narsa. Matoning bir kvadrat santimetri uçun 1600ta tugunça uriladi. Bu rekord natija, bemalol Ginnesga kiritiş mumkin. Biz şunga tayyorlanyapmiz», – dedi u.
Intervyu davomida Özbekistonda turizm sohasi, pandemiyaning unga jiddiy ta'siri hamda sohani qayta tiklaş masalalari haqida ham söz bordi. Jumladan, Abduhakimovning şu mavzular borasidagi savolga javoban aytişiça, Özbekiston hukumati asta sekinlik bilan xalqaro aviareyslarni yölga qöyiş uçun tayyorgarlik körmoqda.
«Biz bunga katta tayyorgarlik körmoqdamiz. Xalqaro aviareyslar yaqin orada oçiladi. Mana, Yaponiya, Yevropaning ayrim mamlakatlari xalqaro reyslarni yölga qöydi. Turkiya ham oçiliş arafasida. Kördilaringiz, 8 iyundan avtobuslar ham yölovçi taşişni boşlaydi. Boşqa turdagi jamoat transportlari ham yaqin orada yölga tuşadi.
Biz şuningdek, turizmni rivojlantiriş va uni avvalga sur'atlariga qaytariş maqsadida Özbekistonga keladigan har bir sayyohga 15 AQŞ dollaridan tölab beradigan böldik. Bu şunday böladiki, bitta samolyotda örtaça 200 nafar sayyoh keladigan bölsa, ularning jami 3000 AQŞ dollari miqdoridagi xarajatini tölab beryapmiz.. Mehmonxonalarda xarajatlarning 10 foizini, yil oxirigaça esa transport xarajatlarining 30 foizini ham qoplab beramiz, ya'ni davlat tomonidan subsidiya beriladi», – dedi u.
Aytilişiça, 2019 yilda Özbekistonga 6 mln 700 ming nafar sayyoh kelgan. Şu yilning 1 yanvaridan 15 martgaça esa 1 mln 200 mingga yaqin turist Özbekistonga kelgan.
«Bu ötgan yilning mos davri uçun 30-40 foiz ösiş böldi. May oyida 2019 yilda 496 ming xorijiy mehmon kelgan. Bu yil may oyida esa 400 nafar odam keldi. Bu pandemiya davrida turizm töliq töxtadi, degan gap. Sohada 260 mingdan ortiq odam işsiz, daromadsiz qoldi. Ammo davlat tomonidan yordam körsatildi, turkompaniyalar, mehmonxonalarning 3 oylik kreditlarining foizini davlat qoplab beradigan böldi.
Bu yil yakuni bilan turizm sohasida 2016 yil raqamlariga qaytib qolişimiz mumkin. 2016 yilda 1 mln 300 nafar odam Özbekistonga kelgan, 400 mln atrofida eksport bor edi, yana şu raqamlarga qaytişga töğri kelişi mumkin. Lekin bu çökib qoldik degani emas. Birinçidan, içki turizmni kötarib olişimiz mumkin. Ikkinçidan, şu bahonada katta diversifikatsiya ketyapti. Xonobod, Böstonliqda katta loyihalar qilinmoqda. Şohimardon, Söx böyiça ham yangi takliflar bor.
Pandemiya davrida turizm borasida boşqa davlatlar ham nolga tuşdi. Keyingi 3-5 yil içida dunyodagi eng katta bozorlardan biri, davlatlarning 10 foizdan 30 foizgaça YaIMga ta'sir qiladigan turizm sohasida hamma teng bölib qoldi. Iş qayta yölga qöyiladigan restart davrida örnimizni yaxşi topib olişimiz mumkin. Buning uçun global piarni töğri qilişimiz kerak», – dedi u.
Intervyu davomida turistlarni Özbekistonga keliş uçun eng köp qiziqtiradigan jihatlar haqida ham söz bordi. Unga köra, turistlar tariximiz, madaniy merosimizga bölgan qiziqiş sabab Özbekistonga keladi.
«Buxoroning qadimiy qismi, Xivadagi Içanqal'a kabi obidalar YuNeSKO röyxatiga kirgan.
Biz «Özbekistonda kafolatlangan xavfsiz sayohat» degan dastur işlab çiqdik. Unga köra, mamlakatda sayohatning xavfsiz bölişi töliq kafolatlanadi. Heç qanday koronavirus xavf solmaydi. Tadbirkorlik sub'yektlarida «COVID-19 tabletkasi» tizimi yölga qöyiladi.
Özbekiston jinoyatçilik nuqtai nazaridan dunyoning eng xavfsiz 5 davlat röyxatiga kirgan. Endi koronavirus nuqtai nazaridan ham eng xavfsiz davlatlar röyxatiga kirişga harakat qilişimiz kerak. Birinçidan, turistik jihatdan zör öringa çiqsak, ikkinçidan, sanitar-gigiyenik nuqtai nazardan xavfsiz davlatlar qatoriga kirsak, soha rivojlanadi», dedi u.
Kun.uz muxbiri intervyu davomida boş vazir örinbosariga özbekistonliklarning köpçiligi sayohatlarga çiqa olmasligi va bu odamlarning iqtisodiy ahvoli bilan boğliqligi hamda ular uçun içki turizmni arzonlaştiriş kerakligi borasida savol berdi.
Aziz Abduhakimov savolga quyidagiça javob berdi: «Içki turizmni rivojlantiriş uçun kasaba uyuşmalari, Yoşlar ittifoqi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi kabi tuzilmalar bor. Ular bilan kelişib, turistik haftaliklar, turistik oyliklar qilyapmiz. Turkompaniyalar, mehmonxonalar bilan kelişib, katta çegirmalar berilyapti. Sanatoriy, oromgohlar ham işga tuşdi, odamlar kela boşlaşgan. Hamma talablarga javob beradi. Biron holat çiqadigan bölsa, izolyatorlar ham, tibbiy yordam bor. Odamlarga xavfsiz sayohat qilişni örgatişimiz kerak. Odamlar uyda ötirib zerikib qolgan. Içki turizmda mahalliy aholi uçun narxlarni ikki baravargaça arzonlaştiriş mumkin.
Çegirmalar yil yakunigaça amal qiladi. Xodimlariga içki turizm xarajatlarini qoplaş orqali iş beruvçilar daromadining şu qismini soliqqa tortuvçi bazadan çiqarişi mumkin. Sayohatga çiqadigan xodim ham özining oyligidan şu xarajatlarni soliqdan çiqarib yuborişi mumkin. Avval bizda içki turizm töxtab qolgandi, çunki xorijiy sayyohlar köpayib ketgan edi. Hozir esa içki turizmni tiklab oliş uçun yaxşi şaroit.
Ilgari Özbekiston turizmi faqat tarixiy yönalişda bölardi, hozir tibbiyot, ekoturizm, gastronomik turizmga e'tibor berilyapti.
Davlat rahbari Andijonga borganda aytdi, aholi köproq yurişi kerak. Bunga rağbatlantiriş uçun odamlarning yurganiga qarab ölçab, yagona bazaga kiritib, ballar yiğiş, bonuslar taqdim etiş böyiça işlayapmiz. Yurganidan kelib çiqib ballar jamlab, bu ballardan davlat xizmatlari körsatilişida imtiyozlarga ega bölişi mumkin. Mobil telefoniga ilova örnatib, bonuslar jamlab borsa, ham öz soğligiga foyda, ham 100 minglik xizmat 60-50 mingga tuşişi mumkin».