Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin hukumati savdoni jonlantirish uchun aholiga 1,7 mlrd dollar tarqatadi
Aholi bu pullarni do‘konlardan o‘ziga kerakli buyumlarni sotib olishga yoki keytering, turizm, ta'lim va sport sohalariga sarflashi mumkin.
Pekin hukumati koronavirus pandemiyasi sababli sotuvlar pasayib ketganidan keyin aholini ko‘proq pul sarflashga rag‘batlantirish uchun iste'mol vaucherlari chiqaradi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlikning yozishicha, Xitoy poytaxti hukumati vaucherlar dasturi doirasida 12,2 mlrd yuan (1,7 mlrd dollar) ajratishni rejalashtirgan. Aholi bu pullarni do‘konlardan o‘ziga kerakli buyumlarni sotib olishga yoki keytering, turizm, ta'lim va sport sohalariga sarflashi mumkin. Vaucherlar shanba kunidan tarqatila boshlanadi.
Pekindagi riteylerlar savdosi 2020 yilning dastlabki to‘rt oyi davomida 20,4 foizga, mamlakat bo‘yicha esa 16,2 foizga tushib ketgan.
Ma'lumot berilishicha, Xitoydagi kamida 50ta shahar 6 mlrd yuanlik (846 mln dollar) vaucher tarqatgan.
Mavzuga oid
22:18 / 18.07.2026
Xitoy - AJDARHO UYG‘ONDI | SUBYEKTIV
08:55 / 18.07.2026
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026