O‘zbekiston | 17:55 / 06.06.2020
22480
1 daqiqa o‘qiladi

«Quruq va'dalar berish vaqti o‘tdi» – Prezident amaldorlarni uyg‘oqlikka chaqirdi

Prezident Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, odamlarni ish bilan ta'minlash, daromadini oshirish bo‘yicha gapirib, barcha amaldorlarni uyg‘oqlikka chaqirgan, barcha rahbarlar ham yangi zamonga moslasha olmayotgani afsus bilan qayd etilgan.

«Quruq va'dalar berish vaqti o‘tdi. Odamlarni rozi qilishimiz kerak. 

Kambag‘allikka qarshi kurashish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi qattiq nazorat qilinadi. Bu masala bo‘yicha barcha amaldorlardan hisob so‘rayman», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Farg‘onada tadbirkorlar bosh islohotchi sifatida ko‘rilishi, islohotlar tadbirkorlar orqali olib borilishi ma'lum qilingan.

«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamaganlarni xiyonatchi deb hisoblayman», degan prezident.

Shuningdek, davlat rahbari qonunlar, qarorlar va prezident farmonlari ijrosi parlament, OAV hama jamoatchilik nazoratida bo‘lishi ta'minlanishi lozimligini ta'kidlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid