Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lganlar maxsus zonalarda, ikkilamchi muloqot qilganlar esa uy sharoitida karantinga olinadi – Nurmat Otabekov
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning aytishicha, aholi orasidan chiqqan koronavirusga chalingan bemorlar bilan birlamchi muloqot qilganlar maxsus zonalarda, ikkilamchi muloqot qilganlar esa uy sharoitida karantinga olinadi.
“Epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra aholi orasidan chiqqan bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan shaxslar karantinga olinadi, ikkilamchi muloqotdagi shaxslar uy sharoitida 14 kun izolyatsiya qilinadi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan uy sharoitida (o‘z yashash uyi, mehmonxona, yotoqxona va boshqalar) karantin ostida tibbiy nazoratda bo‘lgan shaxslar 14 kunlik karantin tartiblariga rioya etishlari ustidan nazorat o‘rnatiladi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) usulidan foydalangan holda o‘tkaziladi”, deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, u bemor boshqa viloyatdan bo‘la turib kasallik Toshkentda aniqlanganda, kasallanganlik ko‘rsatkichi qaysi hududga hisobiga yozilishiga oydinlik kiritdi.
“Kasallik qayerda aniqlansa, o‘sha hududda ro‘yxatga olinadi, ya'ni Toshkent shahrida aniqlangan taqdirda Toshkent shahri hisobiga yoziladi.
Maxsus zonalarda karantinda saqlangan shaxs tibbiy cheklovlar tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida uyida “o‘zini-o‘zini yakkalash” uslubida izolyatsiya qilinadi va tibbiyot xodimi tomonidan telefon orqali surishtirib turiladi. Bundan maqsad koronavirus infeksiyasi yashirin davri 14 kundan uzoq bo‘lishi mumkin”, deydi u.
Avvalroq O‘zbekistonda 750 mingga yaqin koronavirus testi o‘tkazilgani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
08:35 / 13.05.2026
Sanepidqo‘m: O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqaror
19:09 / 11.05.2026