Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BP 2020 yil oxirigacha 10 ming ishchisini bo‘shatadi
Kompaniya o‘tgan oyda top-menejyerlar sonini ikki baravarga – 250tadan 120taga kamaytirmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.
Britaniyaning BP Plc neft kompaniyasi koronavirus pandemiyasi va neft narxlarining pasayishi sharoitida xarajatlarni kamaytirish uchun 10 ming ish o‘rnini qisqartiradi. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.
Kompaniyaning bosh ijrochi direktori Bernard Luni xodimlarga qilgan murojaatida kompaniya pandemiya sababli topayotganiga nisbatan "ancha ko‘p" xarajat qilayotganini ta'kidladi.
BP mart oyida uch oy davomida ish o‘rinlarini qisqartirmasligini e'lon qilgandi. Ushbu muddat yakuniga yetgach, kompaniya yil oxirigacha 70 ming xodimining 15 foizini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Lunining so‘zlariga ko‘ra, qisqartirishlar asosan kompaniyaning ofisdagi xodimlariga taalluqli bo‘ladi.
Kompaniya o‘tgan oyda top-menejyerlar sonini ikki baravarga – 250tadan 120taga kamaytirmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.
Luni shuningdek, kompaniya yanada ko‘proq qisqartirishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026