O‘zbekiston | 21:46 / 08.06.2020
6654
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijda karantinda saqlanganlar O‘zbekistonga olib kelinganidan keyin yana izolyatsiyaga olinadimi? Mutaxassis oydinlik kiritdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov xorijiy davlatda bo‘lgan vaqtida 14 kunlik karantin muddatini o‘tagan, shundan so‘ng charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan fuqarolar yana qaytadan izolyatsiyaga olinishi haqidagi savolga javob qaytardi.

Uning aytishicha, xorijda karantinda bo‘lgan, kasallik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar tibbiy cheklovlar tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida uyida “o‘zini-o‘zini yakkalash” uslubida izolyatsiya qilinadi. Mazkur jarayonda fuqaroga biriktirilgan tibbiyot xodimi uning holatini telefon orqali surishtirib turadi.

Nurmat Otabekovning ta'kidlashicha, xorijda karantin muddatini o‘taganlarning yana uy sharoitida izolyatsiya qilinishi koronavirus infeksiyasining yashirin davri 14 kundan uzoq bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liqdir.

Avvalroq u xorijiy mamlakatlardan charter reyslar orqali olib kelinadigan fuqarolarni kutib olishga, ularning oila 'zolari va yaqinlari bilan uchrashishiga ruxsat berilmasligi, ular aeroportning o‘zidan to‘g‘ri karantin zonasiga olib ketilishini ma'lum qilgan edi.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid