“Xorijiy mamlakatlardan charter reyslar orqali olib kelinadigan fuqarolarni kutib olishga, ularning oila 'zolari va yaqinlari bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi. Ular aeroportning o‘zidan to‘g‘ri karantin zonasiga olib ketiladi.

Bosh davlat sanitariya vrachining 4-sonli qaroriga binoan davlatimiz chegarasidan kirib kelgan har bir fuqaro 14 kunga karantinga olinadi, 10-kuni koronavirusga analiz topshirib, natijasi manfiy bo‘lsa 14-kuni uyiga ruxsat beriladi.

Chet eldan kelgan fuqarolarimiz karantinga olingan vaqtda ularning yuklari qanday yuk turiga kirishidan qat'i nazar, 100 foiz zararsizlantiriladi”, deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq «Uzbekistan Airways» 22 iyungacha rejalashtirilgan charter reyslar bo‘yicha ma'lumot bergan edi.