Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zini yakkalash rejimi bekor qilinadi
9 iyundan Rossiya poytaxti Moskvada koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan o‘zini yakkalash, sayr qilish jadvali va propusk rejimi bekor qilinadi. Bu haqda Moskva jamoatchilik palatasi raisi Konstantin Remchukovga tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi.
Moskva meri Sergey Sobyanin bu axborotni tasdiqlagan.
“Shahar aholisi, jumladan 65 yoshdan kattalar va surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilar ko‘chaga hech qanday cheklovlarsiz chiqishlari, o‘z ishlari bilan yurishlari va jamoat joylariga borishlari mumkin bo‘ladi”, deb yozgan Moskva meri.
Shuningdek, 9 iyundan go‘zallik salonlari, fotostudiyalar, qabristonlar ochiladi. Shuningdek, veterinar xizmatlar va karshering to‘liq ishga tushadi, ta'lim muassasalari ochiladi, teatrlar, sirklar va konsert zallari repetitsiyalar uchun ishlashi mumkin bo‘ladi.
16 iyundan kafelarning yozgi verandalari ochiladi, stomatologik klinikalar, turistik va reklama agentliklari, rieltorlik, yuridik va konsalting kompaniyalari o‘z faoliyatini tiklaydi. Shuningdek, kutubxonalar, muzeylar, hayvonot bog‘lari va ko‘rgazma zallari tashrif buyuruvchilar soni cheklangan holda ishga tushadi. Sport tadbirlari ham tribunalar 10 foizdan ko‘proqqa to‘lmagan holda davom ettiriladi.
Shuningdek, 23 iyundan jismoniy-sog‘lomlashtirish majmualari, fitnes-klublar, suv havzalari, restoranlar, kafeler, oshxonalar, SPA va massaj salonlari, hammomlar, kutubxonalar, bolalar bog‘chalari, daryo transporti kompaniyalari, bolalar va sport maydonchalari ochiladi.
Niqob qa qo‘lqoplar taqib yurish me'yori hozircha bekor qilinmaydi. Epidemiologik vaziyat yomonlashgudek bo‘lsa, cheklovlar bekor qilinishi sanalari surilishi mumkin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 197 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, ulardan deyarli yarmi sog‘ayib ketgan, 2970 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026