Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4ta viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari tashkil etiladi
Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatrlari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatrlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
2021 yil 1 martdan boshlab Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatrlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda qo‘g‘irchoq teatrlari binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablag‘larni 2020 yil Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qo‘yilma mablag‘larini qayta taqsimlash hisobidan yo‘naltiradi;
ikki oy muddatda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari qo‘g‘irchoq teatrlari binolarini qurish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda kiritadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
qo‘g‘irchoq teatrlarining faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 18 apreldagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
qo‘g‘irchoq teatrlari uchun yangidan quriladigan binolar loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi hamda qurilish-montaj ishlari O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining xulosasi asosida amalga oshiriladi;
qo‘g‘irchoq teatrlari uchun yangidan quriladigan binolar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishida binoning atrofida bolalar uchun “bolalar shaharchasi”ni barpo etish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida tashrif buyuruvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish, turistlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, zamonaviy arxitektura-rejalashtirish, dizayn va landshaft yechimlariga e'tibor qaratgan holda har bir teatr binosi eskiz-loyihasining teatrning yo‘nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi, shuningdek, teatrlarning binolari eskiz-loyihasini tayyorlash jarayoniga teatr sohasidagi malakali mutaxassislarning jalb qilinishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
qo‘g‘irchoq teatrlari ustavining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
qo‘g‘irchoq teatrlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash hamda samarali faoliyat yuritishini tashkil etishni;
respublika va xorijiy teatrlarining malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda teatrlarning ijodkorlariga rejissura va aktyorlik mahorati hamda sahna harakati va sahna nutqi bo‘yicha maxsus mahorat darslari o‘tkazilishini;
yangi tashkil etilayotgan teatrlarda tajribali aktyorlarni jalb qilgan holda, iqtidorli bolalarni aniqlash va ularda artistik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklarni tashkil etishni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda:
hududlarda tashkil etilayotgan teatrlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda kelgusi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutidagi Aktyorlik san'ati (qo‘g‘irchoq teatr aktyorligi) va Rejissyorlik (qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi) yo‘nalishlariga qabul kvotasini ko‘paytirishni;
qo‘g‘irchoq teatrlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida shaffoflik va adolat tamoyillari asosida qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil qilishni;
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qo‘g‘irchoq teatri rassomi” bo‘limini ochish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda taklif kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bolalarni teatr san'ati orqali tarbiyalash, bolalarning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mamlakatimizdagi mulkchilik shaklidan qat'i nazar maktabgacha ta'lim tashkilotlarini belgilangan me'yorlarga asosan “Stol teatri”, “Soya teatri” va “Barmoq teatri” hamda milliy ertak qahramonlari bilan jihozlanishini to‘liq ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
2021 yildan boshlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi bilan hamkorlikda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-g‘oyaviy barkamol va zamonaviy qo‘g‘irchoq pesalarini yaratish uchun sahna asarlari tanlovini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda teatrlariga bolalar va yoshlarni jalb etish, ularni qo‘g‘irchoq teatri san'atiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va respublikadagi mavjud qo‘g‘irchoq teatrlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini tasdiqlash va hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilishini ta'minlaydi;
barcha davlat qo‘g‘irchoq teatrlarining faoliyat samaradorligini oshirish hamda maqsadli vazifalarga erishish maqsadida davlat qo‘g‘irchoq teatrlarida tarixiy mavzudagi spektakllarni sahnalashtirishni 2021 yilda 20 tadan 30 taga, milliy zamonaviy mavzudagi spektakllarni 70 tadan 90 taga, 2022 yilda 30 tadan 40 taga, 90 tadan 105 taga yetkazish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi bilan birgalikda:
qo‘g‘irchoq teatrlarining repertuarini to‘laqonli shakllantirish, qo‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasini rivojlantirish, rejissyorlik va aktyorlik mahoratini oshirish, qo‘g‘irchoq ustalarini tayyorlash tizimini yaratish maqsadida 2021 yil 1 fevralga qadar O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri qoshida “Qo‘g‘irchoq teatri” studiyasini tashkil etish;
“Qo‘g‘irchoq teatri” studiyasining Nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
“Qo‘g‘irchoq teatri” studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mashg‘ulotlarni olib borish uchun dramaturglar, malakali rejissyor va aktyorlar, qo‘g‘irchoq ustalari hamda professor-o‘qituvchilarni jalb etish ishlarini ta'minlaydi.
Belgilanishicha:
2021 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Qo‘g‘irchoq teatri san'ati va boshqa tegishli yo‘nalishi talabalarining amaliyot mashg‘ulotlari O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrida o‘tkaziladi;
respublikadagi qo‘g‘irchoq teatrlari ijodkorlarining mahoratini oshirish va yangidan tashkil etilayotgan qo‘g‘irchoq teatrlari uchun mutaxassislarni amaliy tayyorlash ishlari “Qo‘g‘irchoq teatri” studiyasida shartnoma asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yangi tashkil etiladigan davlat teatrlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etadi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) biletlarning internet orqali yoki teatr hududida o‘rnatiladigan maxsus avtomatlardan elektron shaklda (QR-kodli) sotuvini amalga oshirish;
b) teatrlarni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yagona elektron axborot tizimiga ulangan videokuzatuv kameralar va avtomatik tizimlar (turniketlar) bilan jihozlash;
v) teatrlarning faoliyatiga oid ma'lumotlar (repertuar, artistlar va h.k.), sahnalashtirilgan asarlaridan videoroliklar va rasmlar joylashtirilgan internet saytlarni ishga tushirish;
g) tashrif buyuruvchilar uchun bepul Wi-Fi xizmatini joriy etish.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025