Jahon | 20:39 / 10.06.2020
8233
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy-havo kuchlari shtabiga ilk bor afroamerikalik boshliq etib tayinlandi

AQSh harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i lavozimiga ilk bor afroamerikalik harbiy – general Charlz Braun tayinlandi. 

The Hill nashrining xabar berishicha, Braun uchun AQSh senatining 98 a'zosi ovoz bergan. Braun nomzodini ushbu lavozimga AQSh prezidenti Donald Tramp taklif qilgan.

Braun iyunda iste'foga ketishi kutilayotgan general Devid Goldfin o‘rnini egallaydi.

Bundan tashqari, Braun afroamerikalik Kolin Pauelldan keyin shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga kirgan birinchi qora tanli bo‘ladi. Pauell ushbu qo‘mitada 1989-1993 yillarda rais lavozimini egallagan.

Ta'kidlanishicha, Braunning tayinlanishi qora tanli Jorj Floyd o‘limidan keyin AQShda o‘tayotgan ommaviy noroziliklar ortida yuz bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Charlz Braun AQSh harbiy-havo kuchlarining 4 ta yulduzli generali hisoblanadi. U yangi lavozimga tayinlanishidan oldin AQSh qurolli kuchlarining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligiga rahbarlik qilgan va Markaziy qo‘mondonlik (SeNTKOM) boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

Mavzuga oid