Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda tovlamachilik yo‘li bilan 1 milliard so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
Urganch shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zganing shaxsiy hayotiga doir videolarni internetda tarqatib yubormaslik uchun 1 milliard so‘m talab qildi.
Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, B.J. shu yilning 31 may kuni Urganch shahrida yashovchi boshqa fuqaroning (tergov siri va shaxsiy hayot daxlsizligini inobatga olgan holda ushbu shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlar oshkor etilmadi) shaxsiy hayotiga doir videomateriallarni qo‘lga kiritgan.
Shundan so‘ng, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga videolavha «qahramoni»dan 1 milliard so‘m pul talab qilgan.
O‘zining shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlar keng ommaga tarqalish xavfi oldida turgan ushbu shaxs Xorazm viloyati IIBga ariza bilan murojaat qildi.
4 iyun kuni B.J. o‘zi talab qilgan pulning bir qismini, ya'ni 90 million so‘m va 20 ming AQSh dollarini olayotgan paytida, Xorazm viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondor B.J. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026