10 iyunga kelib, navbat Xristofor Kolumb haykallariga keldi – Kolumbga atab qöyilgan monumentlardan biri boşsiz qoldi, yana birini kölga uloqtirişdi.
Kolumb – Amerika kaşfiyotçisi sanaladi. AQŞda hatto Kolumb kuni ham nişonlanadi (12 oktabr). Ammo sönggi yillarda dengizçining merosi qayta körib çiqilmoqda – tanqidçilarga köra, Kolumbning sayohati amalda transatlantik qul savdosiga yöl oçib bergan.
Qolaversa, ispan-italyan jahongaştasini Amerikaning tub aholisiga şafqatsiz munosabatda bölganlikda va ularni öldirganlikda ayblaşadi. Şu boisdan ham ayrim ştatlarda Kolumb kunini bekor qilib, örniga Tub mahalliy aholi kunini joriy qilişga qaratilgan çaqiriqlar bor.
Ayni kunlardagi namoyişlarda Kolumb ham norozi amerikaliklar e'tiboridan çetda qolmayapti. Virjiniya ştatining Riçmond şahridagi tinç namoyiş vaqtida aksiya iştirokçilari dengizçining haykali atrofida yiğilib, rasmiylardan yodgorlikni rasman buzib taşlaşni talab qilişdi.
Bir neça soat ötib, namoyişçilar qöllariga arqon olgança özlari monumentni olib taşlaşga kirişdilar. Haykalga öt qöyilib, parkka sudrab olib kelindi va kölga taşlab yuborildi.

Yodgorlik örnatilgan ustunda esa quyidagi yozuv paydo böldi: «Kolumb – genotsid ramzi».
Boston şahrining Nort-End rayonidagi parkka örnatilgan Xristofor Kolumb haykali ham namoyişçilar ğazabiga duçor böldi. 10 iyun kuni dengizçi monumentining boş qismi yulib olindi. Haykal bölagini şu yaqin atrofdan topişgan.






















