Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tryudo irqchilik muammolari sababli Kanadada politsiyani isloh qilishga va'da berdi
Kanadada keyingi bir necha hafta davomida politsiya va mamlakatning tub aholisi ishtirokida bir nechta voqealar aks etgan videolavhalar tarqaldi. Ularda politsiya xodimlari odamlarga ancha qo‘pollik bilan munosabatda bo‘lgani tasvirlangan.
Ayrim xodimlarning tub aholiga nisbatan irqchilik ko‘rinishidagi munosabatlari sababli Kanada politsiyasini islohotlar kutmoqda. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi.
"Ko‘plab qora tanli kanadaliklar va mamlakatning tub aholisi politsiya bilan munosabatlarda o‘zini xavfsiz sezmayapti. Buni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz buni hukumat sifatida o‘zgartirishimiz kerak", - dedi u.
Tryudoning so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani Kanadadagi barcha regionlar rahbarlari bilan muhokama qilgan va ular uni qo‘llab-quvvatlashgan.
Bosh vazirning fikricha, vaziyatni yaxshilash uchun birinchi navbatda politsiyachilarni ko‘krak videokameralari bilan ta'minlash lozim.
Kanadada keyingi bir necha hafta davomida politsiya va mamlakatning tub aholisi ishtirokida bir nechta voqealar aks etgan videolavhalar tarqaldi. Ularda politsiya xodimlari odamlarga ancha qo‘pollik bilan munosabatda bo‘lgani tasvirlangan.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026