Jahon | 18:16 / 13.06.2020
3597
1 daqiqa o‘qiladi

Texasda bardagi otishmada sakkiz kishi jarohatlandi

Gumonlanuvchi mast holda barga kiritilmaganidan so‘ng u avtomobilidan vintovka olgan va atrofdagilarga o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgan.

Foto: RIA Novosti

AQShda politsiya Texas shtatining San-Antonio shahrida otishma sodir etib sakkiz kishiga jarohat yetkazgan shaxsni qidirmoqda.

San-Antonio politsiya bo‘linmasi boshlig‘i Uilyam Makmanusning ma'lum qilishicha, voqea bardagi avtomobillar turargohida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi mast holda barga kiritilmaganidan so‘ng u avtomobilidan vintovka olgan va atrofdagilarga o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgan.

Oqibatda besh ayol va uch erkak jarohatlangan.

Makmanusning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qidirilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid