«Pandemiya şaroitida ham davlat rahbariyati boşlangan islohotlarni davom ettiriş uçun barça çoralarni işga solmoqda» – Jamşid Qöçqorov
|05:05 / 15.06.202011 8919 min
Bundan buyon çetdan bir dollar qarz olinsa ham, avvaliga uning haqiqatan ham kerakligini isbotlaş talab etiladi. 13 iyun kuni bölib ötgan «Munozara klubi»ning ilk yiğilişida qatnaşgan Boş vazir örinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov şu haqda aytib ötdi.
«Taşqi qarz sifatida olinayotgan mablağlarning samarali sarflanişiga kelsak, ma'lumot örnida aytib ötişim kerakki, haftaning seşanba kuni muhtaram prezidentimiz huzurlarida Özbekistonda iqtisodiy ösişni ta'minlaşning 8ta yönalişi böyiça muhokama bölib ötdi. Balki şu muhokama haqida sizlarga töliq axborot bermagandirmiz, şuning ayrim yönalişlariga qisqaça töxtalib ötmoqçiman.
Birinçisi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş böyiça topşiriq olganmiz. Unga köra, budjet taqçilligi va taşqi qarzni çeklaş nazarda tutilgan. Taşqi qarzni çeklaş haqida gapirganlarida davlatimiz rahbari birinçi navbatda samaradorlikni talab qildilar. Moliya vaziri Timur Işmetov şu yerda ötiribdi, unga qarata aytdilarki: «Bundan buyon taşqaridan bir dollar qarz olmoqçi bölsang, avval uning kerakligini isbot qilasan, undan keyin olasan!», degan topşiriq böldi.
Albatta, Bundan buyon çetdan bir dollar qarz olinsa ham, avvaliga uning haqiqatan ham kerakligini isbotlaş talab etiladi. 13 iyun kuni bölib ötgan «Munozara klubi»ning ilk yiğilişida qatnaşgan Boş vazir örinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov şu haqda aytib ötdi.hamma narsani qilolmaymiz. Taşqi qarz masalasidagi 4 mlrd dollarlik çeklov haqidayam moliya vaziri özining fikrini aytdi. Boşqalar öz munosabatini bildirişdi. Bu borada menda boşqaça fikr bordir, Markaziy bank raisi umuman boşqa fikrdadir... Lekin biz taşqi qarzni maksimal darajada çeklaş böyiça davlat rahbaridan topşiriq oldik.
Şu örinda hammadan bir narsani hisobga olişini iltimos qilaman. Hozir pandemiya şaroitidamiz. Bu balo, töğrisi, köplab rejalarimizni buzib yubordi.
Hisob-kitoblarimizga köra, 2020 yilda yalpi içki mahsulotimiz 67 mlrd.ga çiqamiz deb kutgandik. Ötgan yili YaIM 57,8 mlrd bölgandi. Pandemiya tufayli bu yil YaIM körsatkiçi 58,1 – 58,2 mlrd atrofida bölişini möljallayapmiz. Köryapsizlarki, hozirgi maqsadimiz ötgan yilgi körsatkiçni saqlab qoliş bölib qolyapti. YaIM 2 – 2,2 foiz atrofida ösişini möljal qilyapmiz. Kuni keça Jahon banki özining prognozini e'lon qildi
Mavzuga oid
. Unga köra, Özbekistonda YaIM joriy yilda 1,5 foizga ösadi, deb baholangan.
Umuman, ijobiy ösiş katta masala bölib turibdi hozir. Xudoga şukr, köpçilikning fikri böyiça, xususan, Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boşqa taşkilotlarning bayonotlariga köra, Özbekistonda bu yil ijobiy iqtisodiy ösişni saqlab qoliş uçun barça imkoniyatlar bor.
Davlat rahbari yiğilişda şu imkoniyatlardan foydalaniş böyiça nima topşiriqlar berdilar, degan savolga javoban ulardan ayrimlarini sanab ötmoqçiman. Yuqorida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş haqida aytib ötdim», deya Jamşid Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Boş vazir örinbosari davlat korxonalarini isloh qiliş, iqtisodiyotda davlat uluşini kamaytiriş, xususiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş böyiça rejalar haqida ma'lumot berdi.
«Ikkinçidan, davlat korxonalarini isloh qiliş, ularni zamonaviy korporativ boşqaruv tizimlariga ötkaziş böyiça islohotlarni qat'iyan davom ettiriş haqida qat'iyan topşiriq berildi. Bundan bir haftaça oldin xususiylaştiriş masalalari körib çiqilganda men 40 kun muddat içida, umuman, iqtisodiyotda davlat uluşini kamaytiriş, xususiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş böyiça qat'iy topşiriq oldim.
Ya'ni köryapsizlarki, davlatimiz rahbariyati pandemiya şaroitiga qaramasdan birorta ham islohot töxtab qolmasligi kerak degan vazifani qöyyaptilar. Hozir kimdir: «Hozir biror aktivni sotadigan paytmi?» deb e'tiroz bildirişi mumkin. Bu juda töğri savol. Lekin bilasizlarki, aktivlarni sotiş bir kunlik ham, uç oylik ham iş emas. Buni xususiylaştirişga tayyorlaş, tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş, majburiy protseduralardan ötiş ma'lum bir vaqtni oladi. Şuning uçun topşiriq şunday böldiki, hozirdan ana şu jarayonlarga tayyorgarlik körib borişimiz kerak.
Demak, davlat korxonasi reformasi haqida gapirganda, albatta, keyingi yönaliş Markaziy bank raisiga, Moliya vaziriga bank sohasidagi islohotlarni töxtatmaslik, aksinça, davom ettiriş töğrisida topşiriq böldi.
Qolgan masalalar, masalan, kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça ham juda ham köplab topşiriqlar oldik. Şu nuqtayi nazardan davlat rahbari «Doing Business» va boşqa reytinglardagi körsatkiçlarimiz böyiça ham töxtalib ötdilar.
Hozirgi pandemiya şaroitida xalqaro reytinglardagi körsatkiçlarimizni yaxşilaşga qaratilgan farmonning imzolanişi ham mamlakatimiz rahbariyatining islohotlarga bölgan munosabatini oçiq-oydin körsatib beryapti. Hozirgi murakkab şaroitda ham reyting haqida gapirişga, bu borada maxsus qaror qabul qilişga va imkon doirasida oldinga harakatlanişga intiliş bölayotgani, bularning barçasi prezidentimizda mamlakatda boşlangan islohotlarni davom ettirişga bölgan siyosiy irodasining ifodasi, bu borada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning bir körinişi deb qabul qiliş mumkin.
Şu bilan birga, monopoliyalarga qarşi kuraş böyiça ham qattiq topşiriq oldik. Demak, umuman, mana şu monopoliyaga qarşi işlarni yaxşilaş böyiça rejalaştirilgan çora-tadbirlarni tez orada ma'lum qilamiz», deydi u.
Jamşid Qöçqorov Özbekiston xalqaro moliya taşkilotlari va reyting agentliklari bilan nima uçun yaqindan hamkorlik qilayotganini tuşuntirib berdi.
«Xalqaro moliya taşkilotlari, xorijiy yoki mahalliy ekspertlar bilan nima uçun hamkorlik qilişimiz kerak, xalqaro reyting agentligining bahosi nega biz uçun katta ahamiyatga ega, nima uçun özimizning Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasida 11 mlrd mablağimiz böla turib taşqaridan qarz olyapmiz?
Bularning barçasi – muhim va kerakli savollar. Ularga javoban olinayotgan taşqi qarz taraqqiyot uçun moliyaviy manbalarning diversifikatsiyasi deb qaragan bölardim.
Qolaversa, xalqaro taşkilotlardan, masalan, Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligidan kredit oliş ma'lum bir talablar, ma'lum bir loyihalar asosida amalga oşiriladi. Ya'ni pul bilan birga ma'lum bir «institutional capacity» yaratiladi. Bu haqda moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov yuqorida batafsil ma'lumot berib ötdi.
Taşqaridan olingan qarzlarni ma'lum bir maqsadlarga yönaltiriş ayrim hollarda yaxşi natija bersa, ayrim hollarda buning aksi böladi. Bloger Otabek Bakirov aytganidek, içimlik suvi ta'minotini yaxşilaşga qaratilgan loyihalar şu paytgaça Özbekistonda eng muammoli masalalardan biri bölib kelgan. Faqatgina oxirgi ikki yilda ozgina yaxşilandi, töğrisini aytişimiz kerak.
Bu hamma reytinglar nima uçun diversifikatsiya bilan boğliq deyilsa, biz bir tomondan yevrobond olişimiz kerak, boşqa tomondan Jahon bankidan yoki boşqa xalqaro moliya taşkilotlaridan pul olişimiz kerak. Şu bilan birga, parallel ravişda banklarimizning özi bozorga çiqişi kerak yoki qaysi bir kredit liniyalarini olib kelişi kerak.
Bozorda har xil tovarlar bölganday, har xil manbalar ham bölişi kerak. Çunki erta-indin xalqaro moliya taşkilotlaridan pul bozorga çiqarmaymiz. Boya aytganimizday, xususiy sektordagi örnimizni böşatib beramiz. Bu joy ularniki özi aslida. Biz u yerda vaqtinça ötiribmiz.
Hammamiz birgalaşib işlaşimizning ma'nosini men şunday deb tuşunamanki, dunyoda nazariy va amaliy jihatdan özaro kelişilgan qonun-qoida va tartib-taomillar mavjud. Misol uçun, mana şunday iş qiliş notöğri, deb qaysidir olim nazariyada isbot qilgan bölsa, qaysidir xalqaro taşkilot amaliyotda şuni körgan. Demak, şu tajribalarning hammasi yiğilib, intellektual salohiyat bölib qaysidir idoralarda jamlangan. Ularda xato yöqmi? Xato tölib yotibdi. Lekin biz ham birga ular bilan işlaganimizda birgalaşib şu xatolarni töğrisidan ajratib kelmoqdamiz», – deydi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri.
Eslatib ötamiz, «Munozara klubi» köpçilikni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşiş, jamoatçilikni kelgusi rejalar yuzasidan xabardor qiliş maqsadida taşkil etilgan.
Klubning birinçi muhokamasida hukumat iqtisodiy bloki rahbarlari, deputatlar, ekspertlar, xalqaro moliyaviy taşkilotlar va reyting agentliklarining vakillari, jurnalistlar qatnaşişdi.
Kun.uz internet naşri «Munozara klubi»ning boş axborot hamkori hisoblanadi. Muhokamalarning birinçi soni haqidagi videokörsatuv 15 iyun kuni muştariylar e'tiboriga havola etiladi.