Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Iroqda kurd jangarilariga qarshi harbiy amaliyot boshladi
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qarshi Pence-Kartal (Burgut panjasi) deb nomlangan yangi harbiy amaliyot boshladi. Amaliyot kurdlarning politsiya bo‘limiga va turk xavfsizlik kuchlari joylashgan hududlarga hujumidan keyin boshlangan.
“Burgut panjasi” amaliyoti boshlandi. Samolyotlarimiz terrorchilar boshiga g‘orlarni qulatmoqda”, deb ma'lum qilingan Turkiya mudofaa vazirligining Twitter-akkauntida.
Anadolu axborot agentligining xabar berishicha, ushbu amaliyot Anqaraning o‘zini mudofaa qilishga qonuniy huquqi hisoblanadi. Turk harbiylari Iroqning shimoliy tumanlari - Sinjar, Karachak, Zap, Avasin-Basyon, Xakurkada hamda Qandil tog‘larida KIPning terrorchi otryadlariga hujum qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Turkiya qiruvchi samolyotlari jangarilarning pozitsiyalariga zarbalar bergan.
Amaliyotga Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar va qurolli kuchlar qo‘mondonligi a'zolari Turkiya harbiy-havo qo‘mondonlik markazidan boshchilik qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada KIP bilan 2015 yil iyulda qurolli ixtilof yana avj olgandan keyin kurd jangarilari qo‘lidan mingga yaqin politsiyachi va harbiy hamda 500ga yaqin fuqaro halok bo‘lgan. Shu bilan birga, ushbu davr ichida turk xavfsizlik kuchlari KIPning 10 mingdan ko‘proq a'zosini yo‘q qilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, 1984 yildan 2020 yil martigacha kurd jangarilari Turkiya xavfsizlik kuchlarining 7500 xodimini va 6800 fuqaroning umriga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026