Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda gorizontal joylashgan antiqa osmono‘par inshoot qurildi

Foto: CNN
Xitoyning Chunsin shahridagi osmono‘par binolar majmuasi Raffles City Chongqing’da yangi diqqatga sazovor joy – Crystal deb nomlangan “gorizontal osmono‘par bino” majmuasi ochildi. Gorizontal joylashgan inshootni 250 metr balandlikda 4 ta minora ushlab turadi.
Ta'kidlash joiz, ushbu inshoot Singapurdagi uchta osmono‘par bino ustida turuvchi, kema ko‘rinishidagi mashhur Marina Bay Sands mehmonxonasiga o‘xshash.

Inshootning uzunligi 300 metrni, og‘irligi 12 ming tonnani tashkil qiladi. Minoradagi liftlar tashrif buyuruvchilarni Crystal’ga 50 soniyada yetkazadi.
Inshootda mustamlaka qilingan Marsdagi kelajak hayotga bag‘ishlangan ko‘rgazma paviloni hamda oynavand polli tomosha maydonchasi joylashgan.
Aynan tomosha maydonchasi o‘ziga ko‘plab sayyohlarni jalb qiladi. Undan butun shaharga va Yanszi hamda Tszyalin daryolariga chiroyli manzara ochiladi.
Ta'kidlanishicha, ko‘plab tashrif buyuruvchilar shisha polli maydonchada turib bosh aylanishni his qiladilar. Ba'zilar uchun esa bunday poldan 2-3 metr yurish ham haqiqiy muammo hisoblanadi.
Ma'lum qilinishicha, yaqin orada Crystal’da suv havzalari, restoranlar va barlarga ega xususiy klub ochiladi.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

14:34 / 26.07.2025
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi

09:54 / 26.07.2025