AQSh Bashar Asad va uning rafiqasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
17 iyunda AQSh Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Ular ostiga Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma Asad ham tushdi.

Foto: Politico
Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo e'lon qildi.
Gap Suriya xalqiga qarshi urush olib borish va vahshiyliklar uchun “Tsezar qonuni” deb ataluvchi Suriya fuqarolarini himoyalash haqidagi hujjat (CAESAR Syria Civilian Protection Act) doirasida siyosiy va iqtisodiy cheklovlar kiritilishi haqida bormoqda.
“Bugun biz Tsezar qonuni bo‘yicha Asad tuzumiga nisbatan sanksiyalar siyosatini boshlaymiz. U Asad tuzumini va uning xorijiy yordamchilarini Suriya xalqiga nisbatan amalga oshirilgan vahshiy harakatlar uchun javob berishga majbur qilish maqsadida qat'iy iqtisodiy sanksiyalar kiritishga imkon beradi”, deb yozgan Pompeo tvitterda.
AQSh davlat kotibining ta'kidlashicha, Bashar Asad va uning tuzumi behuda urushni to‘xtatishi va Suriyadagi ixtilofni siyosiy hal qilishga rozi bo‘lishi uchun unga qarshi sanksiyalar kiritib boriladi. Ulardan maqsad Asad tuzumini iqtisodiy va siyosiy ko‘makdan mahrum etish hisoblanadi. Ushbu tuzum bilan ish ko‘radigan barcha shaxslarga AQSh hududiga va bozorlariga kirish taqiqlanadi.
Hozircha sanksiyalar Suriyaning 39 fuqarosi va tashkilotiga qarshi kiritilmoqda. Sanksiyalar ostiga Bashar Asad, uning rafiqasi va singlisi Bushradan tashqari, Suriyadagi ixtilofda hukumat kuchlari tomonida ishtirok etayotgan va Eron bilan aloqaga ega “Fatimiyun” afg‘on shialari tashkiloti, prezidentning ukasi, 4-zirhli tank diviziyasi qo‘mondoni Mohir Asad, diviziyaning o‘zi va boshqa qo‘mondonlar tushgan. Shuningdek, sanksiyalar suriyalik yirik tadbirkor Muhammad Hamshoga qarshi kiritilgan. U AQSh davlat departamentida Asad tuzumi vahshiyliklarining homiysi deb atalgan.
Sanksiyalar Suriya aholisiga insonparvarlik yordami yetkazilishiga ta'sir qilmaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp “Tsezar qonuni”ni 2019 yil dekabrda imzolagan. Ta'kidlanishicha, ushbu hujjat Tsezar shartli nomiga ega suriyalik harbiy fotosuratchi sharafiga shunday atalgan. Ushbu fotosuratchi Suriyadan u yerdagi turmalarda saqlanuvchi mahbuslarning qiynoqqa solinishi va o‘ldirilishi suratlarini olib chiqqan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi
Jahon | 08:58
-
AQSh harbiy samolyotlari Eron biqinida, Netanyahu to‘xtamoqchi emas
Jahon | 08:52
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
Mavzuga oid

08:52
AQSh harbiy samolyotlari Eron biqinida, Netanyahu to‘xtamoqchi emas

00:30
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

22:20 / 16.06.2025