«Şubhasiz, dunyo özgaryapti va bilasizki, koroporativ inqiroz savdo, tijorat, iqtisodiy faoliyatga juda katta salbiy ta'sir körsatdi. Özbekistonda endi ötiş davri boşlangan paytda bunday hodisa albatta nohaqlikdek körinadi. Bu Özbekiston hukumati vakillari uçun iqtisodiy boşqaruvning katta sinovidir. Yaxşiyamki, hozirgi vaqtda dunyoning köplab iqtisodiy inqirozlari bilan kuraşayotgan mamlakatlardan farqli ölaroq, Özbekiston davlat moliya menejmentiga tarixan ehtiyotkorlik bilan yondaşgani tufayli ba'zi siyosiy yeçimlarni qöllaşga qodir.

Birinçidan, Özbekiston moliyaviy buferlarga ega, uning xalqaro zaxiralari yalpi içki mahsulotning 50 foiziga teng. Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasida mavjud bölgan favqulodda vaziyat resurlari bor. Kuçli soliq ma'muriyati va inqiroz tufayli soliq tuşumlarini uşlab turadigan tizimlar mavjud. Özbekiston haqiqatan ham Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlaridan qişloq xöjaligidagi islohotlarning va iqtisodiyotning boşqa sohalariga ta'siri tufayli ijobiy iqtisodiy ösişi mumkin bölgan yagona davlat hisoblanadi.

Uşbu global notinçlik davrida Özbekiston uçun muhim afzallik - qarzning past darajasi edi. Bu Özbekiston uçun judayam omadli, çunki Özbekistonda inqiroz boşlanişidan oldin qarzlarni boşqariş, qarz hisobotlari va şaffoflikni kuçaytiriş böyiça qator islohotlar amalga oşirildi. Şunday qilib, qarzning katta qismi aslida aniq loyihalar va mulkni yaxşilaş dasturlari bilan boğliq bölib, ular hali ham amalga oşirilmoqda va natijalardan foydalanilişi kutilmoqda. Imtiyozli moliyalaştirişga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş natijasida Özbekiston qarzining örtaça qiymati past va garçi Özbekistonning qarzi asosan dollarda körsatilgan bölsada, uning köplab daromadlari inqiroz davrida işlatilişi mumkin. Aytişim kerakki, «Standard and Poor ’s» aytilgan sabablarga köra prognozlar salbiy tomonga özgartirganidan hayron böldim. Özbekistonning qarzlar dinamikasi böyiça ma'lumotlarni şarhlaşlari menga ma'qul», deydi Vinayak Nagaraj.

U davlat qarzi haqida munozara olib boriş uçun hozir juda qulay vaqt deb hisoblaydi.

«Defitsitni oqlaşga, xarajatlar öz vaqtida maqsadga yönaltirilganiga işonç hosil qiliş juda muhimdir. Şunday qilib, biz hukumatga islohotlar va örta muddatli qarz strategiyasini davom ettirişni hamda qarzlar şaffofligini saqlaş va inqirozga qarşi sarf-xarajatlarini oşkora ta'minlaş uçun parlament bilan işlaşda davom etişni tavsiya qilamiz», deydi Jahon banki iqtisodçisi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz axborot hamkori sifatida iştirok etgan «Munozara klubi»ning ilk muhokamalari 13 iyun kuni bölib ötdi. Batafsil videoreportaj bilan uşbu havola