Özbekiston iqtisodiyoti uçun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va taşqi qarzlarni jalb qilinişi ustidan nazoratni kuçaytirişga oid hukumat qarori qabul qilindi.

Boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov raisligida Yirik korxonalar bilan boğliq xatarlarni boşqariş böyiça muvofiqlaştiruvçi komissiya taşkil etildi. Komissiya:

  • alohida monitoringni talab etuvçi tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar (keyingi örinlarda – yirik qarzdorlar) röyxatini tasdiqlaydi;
  • yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan bank krediti yoki taşqi qarz hisobidan moliyalaştirilişi taklif etilayotgan loyiha böyiça taqdimotlarni körib çiqadi;
  • taqdimot qilingan loyihalar uçun bank krediti yoki taşqi qarz jalb etilişini ma’qullaydi yoki rad etadi; loyihalarning natijadorligini örganadi;
  • yirik qarzdorlarning moliyaviy holatini muntazam monitoring qiladi hamda moliyaviy holati yomonlaşganda moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi.

2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • yirik qarzdorlar moliyaviy holatiga köra “past xatarli”, “örta xatarli” va “yuqori xatarli” guruhlarga toifalanadi hamda uşbu toifalardan kelib çiqqan holda ular tomonidan bank krediti va taşqi qarz jalb qiliş tartibi belgilanadi;
  • yirik qarzdorlarning yil yakuni böyiça moliya-xöjalik faoliyati xalqaro auditorlik tarmoqlari va uyuşmalariga a’zo bölgan auditorlik taşkilotlari tekşiruvidan ötkaziladi (mazkur qaror qabul qilinişidan oldin tanlab olingan auditorlik taşkilotlari bundan mustasno);
  • yirik qarzdorlar çoraklik moliyaviy hisobotlarini, şuningdek, bank krediti va taşqi qarzlar hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar, taşqi qarz bitimlari va kredit şartnomalari böyiça majburiyatlarining bajarilişi bilan boğliq ma’lumotlarni har çorak yakuni bilan Muvofiqlaştiruvçi komissiyaga taqdim etadi;
  • mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi yirik qarzdorlar bank krediti va taşqi qarz jalb qilişga Muvofiqlaştiruvçi komissiyadan ruxsat olişi uçun taşkiliy-huquqiy şaklini aksiyadorlik jamiyatiga özgartirişi va faoliyatini AJlar töğrisidagi qonunçilikka muvofiq taşkil etişi kerak böladi.

Özbekiston iqtisodiyoti uçun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va taşqi qarzlarni jalb qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, “yirik qarzdor” deganda Özbekiston iqtisodiyoti uçun tizimli ahamiyatga ega, moliyaviy qarzlari 50 mln dollar ekvivalenti miqdoridan kam bölmagan, yuridik şaxs maqomiga ega bir qarz oluvçi, özaro aloqador qarz oluvçilar guruhi yoki tarkibidagi korxonalar (tijorat banklari bundan mustasno) tuşuniladi.

Nizom talablari tijorat banklari oldida kredit majburiyatiga ega bölmagan, davlat iştirokisiz taşqi qarz jalb etmoqçi bölgan xususiy korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ma’lumot uçun, 2022 yilda taşqi qarzlari ustidan nazorat örnatiladigan davlat iştirokidagi korxonalar röyxati tasdiqlangan va bu röyxatga 28 ta korxona kiritilgan. Yangi qaror bilan belgilangan tartib ana şu tizimni sezilarli kengaytiradi, 28 ta korxonaga taalluqli bölgan eski (amaldagi) tartib esa 2026 yil 1 yanvardan bekor qilinadi.

  • 2025 yil 1 iyul holatiga, Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 72,2 mlrd dollarga yetgan. Şundan 36,8 mlrd dollari – davlat taşqi qarzi, 35,4 mlrd dollari – davlat kafolatisiz korporativ taşqi qarzlardan iborat. Birinçi yarim yillikda davlat taşqi qarzi 2,7 mlrd dollarga köpaygan bölsa, korporativ taşqi qarzlar 5,2 mlrd dollarga oşgan.