Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada koronavirus yuqtirish holatlari o‘sishi sababli karantin 31 iyulgacha uzaytirildi
Mamlakatda o‘tgan sutkada 758ta koronavirus yuqtirish va 31ta o‘lim holati qayd etilgan.
Ukraina hukumati koronavirus sababli kiritilgan karantin choralarini 31 iyulgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma'lum qildi.
"4853 – oxirgi haftada shuncha fuqaro kasallikka chalingan. Bu rekord. Karantin yumshatilishini ko‘pchilik u bekor bo‘ldi deb qabul qildi. Karantin bekor qilinmadi. Adaptiv karantin muddatini 31 iyulgacha uzaytirdik", - dedi u.
Shmigal aholini bo‘shashmaslikka, epidemiyaga qarshi choralarga amal qilishga chaqirdi.
Chorshanba kuni Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari oshganligini, mos ravishda 758ta va 31ta holat qayd etilganini xabar qildi. Pandemiya boshlanganidan buyon Ukrainada 33 234ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, 943 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
13:30 / 17.07.2026
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:10 / 17.07.2026
MRB rahbari: Ukrainadagi frontga kelgan rossiyalik yangi askar o‘rtacha 20–30 daqiqa yashaydi
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026