Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ibn Sino»da yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Hodisa bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Voqea joyiga 2ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Bugun, 18 iyun kuni soat 05:52da Toshkent shahri Shayxontohur tumani THAY ko‘chasi Ibn Sino 1-dahasi, yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urilishi natijasida “Kamaz” rusumli avtoulovning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
FVV xabariga ko‘ra, yuzaga kelgan avtohalokat va yong‘in natijasida ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 05:56da yetib borgan hamda yong‘in 06:18da to‘liq bartaraf etilgan. Voqea joyiga 2ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
“O‘z o‘rnida, yurtdoshlarimizdan harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026