Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Nexia-2 haydovchisi voyaga yetmagan shaxsning vafot etishiga sababchi bo‘ldi
Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 16 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.
Fuqaro A.I. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasini Log‘on MFY hududida orqa tomonga harakatlantirib, avtomashina orqasida bo‘lgan piyoda, voyaga yetmagan R.M.ni urib yuborgan.

Oqibatda, voyaga yetmagan R.M. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026