Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes-Benz va Nexia 3 to‘qnashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 19 iyun kuni soat 08:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida haydovchi, 1984 y.t. A.D. (erkak) Mercedes-Benz rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda u ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1992 y.t. D.M. (erkak) boshqaruvidagi Nexia 3 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia 3 rusumli transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Natijada, Nexia 3 rusumli transport vositasi haydovchisi D.M. va yo‘lovchisi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026