Jahon | 07:25 / 19.06.2020
8797
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududga qo‘shinlar olib kirishni boshladi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradagi qurolsizlantirilgan hududga qo‘shinlarni qaytarishni boshladi. Avval bu hududda joylashgan postlarda shimollik harbiylar paydo bo‘lgani kuzatilgan. 

Foto: Yonhap

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Pxenyanda qurolsizlantirilgan hududda shunday postlardan 150 taga yaqin bo‘lishi mumkin, ulardan ba'zilari 2018 yilda koreyaaro tinchlik sulhi imzolangandan keyin yopilgan. 

Shuningdek, Janubiy Koreya bilan aloqa uzeli portlatib yuborilgan Keson shahrida yuzga yaqin shimollik harbiylar payqalgan.  

16 iyunda Pxenyan janublik faollar tomonidan Shimoliy Koreya yetakchisi va tuzumni qoralovchi tashviqot varaqalari tarqatilayotganiga javoban Kesondagi aloqa ofisini portlatib yuborgan.  

17 iyunda esa Shimoliy Koreya bosh shtabi qurolsizlantirilgan hududda harbiylarni joylashtirishini va u yerda yopilgan qo‘riqlash postlarini tiklashini hamda chegara yaqinida barcha harbiy mashg‘ulotlarni qayta boshlashini e'lon qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid