Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 1 milliondan oshdi, qurbonlar 50 mingga yaqinlashdi
Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 1 milliondan oshdi. Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda mamlakatda virus yuqtirganlar soni 1 million 38 mingdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Ortda qolgan bir kun davomida 55 mingdan ortiq braziliyalikda virus aniqlangan va bu yangi kunlik rekord hisoblanadi. Kasallik mamlakatda yana 1 238 kishining umriga zomin bo‘ldi va Braziliyada virus qurbonlari soni 49 mingdan oshdi. Hozirgacha 520 mingdan ortiq odam virusdan tuzalgan.
Ma'lumot uchun, Braziliya virus yuqtirganlar soni 1 milliondan oshgan ikkinchi davlatga aylandi. Hozirgacha faqat AQShda 1 milliondan ko‘proq (2,96 million) odam virus yuqtirgandi. O‘tkazilgan testlar soni bo‘yicha esa bu ikki davlat o‘rtasida farq katta. Braziliya 2,3 milliondan ortiq test o‘tkazgan bo‘lsa, AQShda bu ko‘rsatkich 27,3 million oshadi.
Ayni damda butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 8,75 milliondan oshgan. Zararlanish holatlari bo‘yicha AQSh va Braziliyadan keyingi o‘rinlarda Rossiya (569 ming), Hindiston (395 ming) va Britaniya (301 ming) bormoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026