«Bugungi kunda parlament, deputat va senator sörovlarini yuboriş bilan boğliq masalalar 8 ta qonun bilan tartibga solinmoqda.Ta'kidlaş lozimki, deputat sörovi aynan mansabdor şaxs nomiga yuboriladigan hujjat bölsada, afsuski ötgan davr mobaynida uşbu parlament nazorati şakliga mansabdor şaxslar yetarliça e'tibor berişmagan.
Masalan, 2019 yilda jami 242 ta deputat sörovi muayyan idoraning birinçi şaxsi (rahbari) nomiga yuborilgan bölsada, ularning 175 tasiga örinbosarlar tomonidan, 13 tasiga quyi taşkilot rahbarlari va 2 tasiga umuman boşqa idora mansabdor şaxslari tomonidan javob xati berilgan», deya Jahongir Şironovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Deputat ta'kidlaşiça, 2020 yilning yanvar oyida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining birinçi ta'sis yiğilişida xalq vakilining söroviga bunday bepisandlik prezident tomonidan keskin tanqid qilingan.
«Deputat söroviga javob xatini tegişli davlat organi rahbarining özi tomonidan berilişini talab qiliş – deputatlarning izzattalabligi deb baholanmasligi lozim. Çunonçi, deputat mansabdor şaxslarga, tegişli saylov okrugi saylovçilarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş bilan boğliq masalalar yuzasidan sörov yuboradi. Ya'ni har bir deputat sörovi ortida xalq manfaati yotadi.
Biroq, tahlillar şuni körsatmoqdaki, yuborilgan deputat söroviga tegişli mansabdor şaxsning özi emas, balki quyi turuvçi lavozimlardagi boşqa şaxslar tomonidan javob berilişi natijasida, deputat sörovlariga javoblar sifatsiz, kötarilgan masalaga yuzaki yondaşuv hamda savollarga aniq javobning yöqligi kabi holatlar vujudga kelmoqda. Bu esa, avvalambor saylovçilar manfaatini ta'minlaşga salbiy ta'sir körsatmoqda», deydi u.
Jahongir Şirinovning qayd etişiça, aksariyat mamlakatlarning qonunçiligida parlament yoki deputat söroviga javob bevosita mansabdor şaxs tomonidan berilişini nazarda tutuvçi normalar mavjud. Masalan, Rossiya, Gruziya, Tojikiston, Belarus qonunçiligida ana şunday normalar közda tutilgan.
«Yuqoridagilarga asosan, Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi taşabbus qilinib, unda parlament, deputat va senator söroviga javob xati, sörov kimning nomiga yuborilgan bölsa aynan öşa mansabdor şaxs tomonidan yoki uning vazifasini bajariş yuklatilgan şaxs tomonidan imzolanişi töğrisidagi majburiy normani joriy qiliş közda tutilmoqda.
Mazkur taklifning hayotga tatbiq etilişi deputatlik sörovi samaradorligi va ahamiyatining oşişiga, uning natijasida saylovçilar manfaatini ta'minlaş, pirovardida saylovçilarning deputatga bölgan işonçini ortişiga xizmat qiladi», deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi.

















