Özbekistonda parlament va deputat sörovining ta'sirçanligini oşiriş kerak, deb hisoblaydi prezident Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bu haqda 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ma'ruzasida aytib ötdi. 

«Parlament va deputat sörovini körib çiqmaganlik yoki körib çiqiş muddatini buzganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirildi. Şunga qaramasdan, afsuski, ayrim hollarda deputat söroviga rahbarning özi emas, balki uning örinbosari, hatto boşqarma boşliqlari javob qaytarmoqda.

Özingiz ayting, qani bu masalada xalq vakilining obrösi? Parlamentga va deputatga bölgan hurmat şumi? Bunday salbiy holatlarga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi. Şu sababli parlament va deputat söroviga vazirlik va idoralar birinçi rahbarlarining şaxsan özlari javob berişi şartligini qonunda belgilaşni taklif qilaman.

Qonunda belgilab qöyinglar, sizlarda bunday vakolat bor-ku? Zamon özgardi endi, ijro organi işlaşi kerak. Deputat sörov yozdimi, unga faoliyatidagi xato haqida signal bölişi kerak. U yo öz muovini, yo boşqarma boşliğiga qöl qöydiryapti. Bu – xiyonat. Darrov uni çaqirib, töğrilab qöyiş kerak. Buning uçun esa qonun kerak», – degan prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, avvalgi çaqiriqda davlat va xöjalik boşqaruvi organlaridagi mansabdor şaxslarga 28ta (2010-2014 yillarga nisbatan 7 barobar köp) parlament sörovi, 856ta deputatlik sörovi yuborilgan.