Oliy Majlis Qonunçilik palatasi devonining Kun.uz'ga bergan ma'lumotlariga köra, 2020 yilning 9 dekabriga qadar palata deputatlari tomonidan turli vazirlik va taşkilotlarga 285 ta deputatlik sörovi yuborilgan.

«Aslida bu raqamlar köproq bölişi ham mumkin, çunki, hududlarda yurgan vaqtida ba'zi deputatlar sörovni röyxatga olmasdan özlari imzolab tegişliligi böyiça berib yuborişadi. Natijada, deputatlik sörovi qaysidir mansabdorning iş stolida nazoratga olinmasdan ham qolib ketişi mumkin», – deyiladi ma'lumotda.

Deputat sörovini mensimaslik – qonunni mensimaslik bilan barobar

Avvalo ta'kidlaş örinliki, budjetdan maoş olib, qimmatbaho maşinalar va boşqa imtiyozlardan foydalanuvçi amaldorlar öz faoliyati borasida xalq vakillariga hisob berişga, sörovlariga javob yöllaşga ham vijdon, ham qonun oldida majburdir.

«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonunning 12-moddasiga köra, Qonunçilik palatasi deputati davlat organlarining, xöjalik boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslariga saylovçilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş bilan boğliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş beriş yoki nuqtayi nazarini bayon etiş talabi bilan sörov yuborişga haqli.

Qonunçilik palatasi deputati söroviga javob 10 kundan keçiktirmay yozma ravişda berilişi va u kimning nomiga yuborilgan bölsa, öşa mansabdor şaxs yoki uning vazifalarini vaqtinça bajarayotgan şaxs tomonidan imzolanişi şart.

Şu kabi normalar «Parlament nazorati töğrisida» va «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi qonunlarda ham belgilab qöyilgan.