22 dekabr kuni Kun.uz'da Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining sörovlariga ijro hokimiyati vakillari beparvo qarayotgani mavzusida maqola e'lon qilingan edi.
Maqoladan qator organlar deputatlik sörovlariga bepisandlik bilan qarayotgani borasida bir neça deputatlarning fikrlari örin olgan.
Ularning aytişiça, deputatlik sörovlariga javoblar keçikişi yoki şablon javoblar berilişi tez-tez uçrab turadi. Deputat Ğayrat Abdiyev bir neça misollar keltirib, şular qatorida Moliya vazirligiga murojaatiga haligaça javob ololmayotganini aytgandi.
«Hududimda (Samarqand viloyati Urgut tumani) 3–4 yil avval ikkita sport binosi qurilişi boşlanib, keyinçalik moliyalaştiriş töxtab qolgan. Davlat budjeti evaziga qurilişi boşlangan binolar şu holiça neça yildan beri yomğir va qorlarda turibdi. Moliya vazirligi bu masalada qilgan murojaatimga javob bermadi», – degandi Ğayrat Abdiyev.

Moliya vazirligining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, ötgan yilning 5 noyabr kuni vazirlikka yuborilgan deputatlik söroviga 17 noyabr kuni javob qaytarilgan.
Vazirlik axborotiga köra, sörov Urgutdagi maktablarni quriş-ta'mirlaş uçun mablağ ajratiş masalasida bölgan. Javob xatida mazkur işlarning manzilli röyxatlarini Xalq ta'limi vazirligi va boşqa qator taşkilotlar birgalikda şakllantirişi hamda davlat dasturlariga kiritişi belgilangani qayd etilgan.
«Samarqand viloyati Urgut tumanidagi umumta'lim maktablarini quriş-ta'mirlaş bilan boğliq mavjud muammolarni örgangan holda tasdiqlangan parametrlar doirasida kelgusi yillar uçun Investitsiya dasturlarini şakllantirişda inobatga olinişini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz», deyilgan vazirlik xatida.
Eslatib ötamiz, yuqoridagi maqolada hukumatning parlamentdagi vakolatli vakili Ma'rufjon Tojiboyev xususan Moliya vazirligiga ham taalluqli ayrim raqamlarni keltirgandi.
«Moliya va Energetika vazirliklari tomonidan sörovlarga 1 kundan 20 kungaça vaqtida javob berilmagan», – degandi u.
















