O‘zbekiston | 21:58 / 24.06.2020
7941
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda 125 bemor tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 4685 nafarga yetgani haqida xabar qildi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Tuzalganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 59 yoshda, eng kichigi esa 20 yoshda. 

Endilikda, Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2567 nafarga yetdi. 

Bundan oldinroq, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 106 nafar, Andijon, Buxoro va Samarqandda jami 9 nafar tuzalib chiqqani xabar qilingandi.

Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4685 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni 110 nafar kishi koronavirusdan tuzalib chiqqandi.

Mavzuga oid