Bugun Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 19 nafar bemorga javob berildi. Ularning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bölib, ularning eng yoşi uluği 66 yoşda, eng kiçigi esa 10 yoşda.
Şuningdek, Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 72 nafar, şahar 1-son klinik şifoxonasida 15 nafar bemor soğayib, öz uyiga kuzatildi.
Endilikda Toşkent şahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 2557 nafarga yetdi.
Andijon viloyatida 43 yoşli erkak kasallikdan foriğ bölgan, şu bilan uşbu hududda koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 181 nafarni taşkil qilmoqda. Viloyatda 13 nafar bemor davolanmoqda.
Buxoro viloyatida 6 nafar bemor tuzaldi. Ularning 2 nafari erkak va 4 nafari ayol bölib, ularning yoşi kattasi 52 yoşda, eng kiçigi esa 2020 yilda tuğilgan qizaloqdir. Endilikda uşbu hududda koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 478 nafarga yetib, 29 nafar bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida 2 kişiga javob berildi, ulardan biri 51 yoşli ayol, ikkinçisi 26 yoşli erkak. Endi uşbu hududda koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 386 nafarni taşkil qilmoqda. Viloyatda 26 nafar bemor davolanmoqda.
Şunday qilib, bugun yurtimizda 115 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz böylab soğayganlar soni 4675 nafarni taşkil etmoqda.












