Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 28 nafar, şahar 1-son klinik şifoxonasida 12 nafar, jami 40 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğayib, öz uyiga kuzatildi.
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 19 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 75 yoşli onaxon, yoşi kiçigi esa 2020 yilda tuğilgan.
Endilikda Toşkent şahri va viloyatida uşbu kasallikdan soğayganlar soni 2451 nafarga yetdi.
Bundan avvalroq Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğayib, öz uyiga kuzatilgani xabar qilingandi.
Şu tariqa, bugun 110 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzalib, Özbekistonda kasallikdan soğayganlar soni 4560 nafarni taşkil etmoqda.












