Aeroportlarda xizmat ko‘rsatish uchun tariflarni shakllantirish qoidalari tasdiqlandi
Transport vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining aeroportlari va havo hududida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im, tariflarni shakllantirish va undirish qoidalari tasdiqlandi.
Qoidalar Havo kodeksi, fuqaro aviatsiyasini takomillashtirish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari, shuningdek Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, havo kemalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aeronavigatsiya yig‘imlari Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta'minlash tashkilotining (EUROCONTROL) metodikasiga muvofiq hisoblanadi.
O‘zbekiston aeroportlarida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish va aeronavigatsiya xizmatlari uchun yig‘im va tariflar ichki va xalqaro reyslarga qarab tabaqalashtiriladi.
O‘zbekiston rezidenti hisoblangan, mamlakat ichida parvozlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar uchun qonun hujjatlariga muvofiq yagona yig‘im va tariflar belgilanadi.
Qoidalarda ko‘rsatiladigan har bir xizmat turi bo‘yicha tariflarni shakllantirish mexanizmi batafsil bayon etiladi, xususan aeroportlarda yer usti xizmatlarini ko‘rsatish uchun 45 turdagi yig‘imlar belgilangan.
Hujjat 14.09.2020 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
08:50 / 12.10.2024