Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bezorilikning oldini olmoqchi bo‘lgan shaxsga tan jarohati yetkazildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 16 iyun kuni soat 18:00da 38 yoshli X.A. spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda Toshkent viloyati Angren shahri Qorabog‘soy ko‘chasida joylashgan “Navro‘z” kafesi oldida, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 60 yoshli E.M., bilan hech bir sababsiz janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini ko‘rmoqchi bo‘lgan 20 yoshli Yu.F.ga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz va badanining turli qismlariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada Yu.F. olgan tan jarohatlari bilan shahar markaziy tibbiy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.F. “yengil” tan jarohatlari olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 28.02.2026
“Hovlimizda doim bahor” – angrenlik qulupnaychi
19:33 / 24.02.2026
Qalovini topsa, qor ham yonadi-2: Surxondaryoda sudyalar qotilni “bezori”ga aylantirishdi
19:53 / 23.02.2026
Jizzax viloyatida ikkita Cobalt Hyundai’ni to‘xtatdi. Haydovchi va yo‘lovchilar kaltaklangan
22:21 / 30.01.2026