Jamiyat | 17:50 / 25.06.2020
24331
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘ldagi qo‘shma korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

25 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Qirsadoq» MFY, Toshkent shohko‘chasida joylashgan Global Comsco Daewoo MChJ qog‘oz ishlab chiqarish Koreya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilishicha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 36ta yong‘in-qutqaruv guruhi tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, korxona ichidagi 5000 kv.m maydonda yong‘in kelib chiqqan. Ayni vaqtda alanga o‘rab olinib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Shuningdek, yong‘inni bartaraf etish uchun hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar FVB boshliqlari, tuman hokimligi yetib borgan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan. Hozirda o‘t o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid