Jahon | 22:31 / 26.06.2020
4775
2 daqiqa o‘qiladi

COVID-19 qaytadan avj olishi sababli Florida va Texasdagi barlar yopilmoqda

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Texasda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 132 ming holat qayd etilgan, oxirgi sutkada qariyb olti mingta yangi holat aniqlangan.  

Amerikaning Texas shtati gubernatori Greg Ebbott COVID-19 qaytadan avj olayotganligi sababli qator cheklovlarni qaytarish to‘g‘risida farmon chiqardi.

"COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqqanlar va kasalxonaga yotqizilganlar soni o‘sishi sababli ushbu qaror qabul qilindi", - deyiladi gubernator saytidagi xabarda.

Barcha barlar va foydasining 51 foizdan ortig‘i alkogolli ichimliklar sotuvidan keladigan muassasalar dushanba kuni yopiladi.

Restoranlar ishlashda davom etadi, ammo ulardagi mijozlar umumiy sig‘imning 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Yuz va undan ortiq kishining ochiq havoda to‘planishi uchun mahalliy hokimiyat organlaridan ruxsat olinishi lozim.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Texasda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 132 ming holat qayd etilgan, oxirgi bir sutka ichida qariyb olti mingta yangi holat aniqlangan.  

Texasdan tashqari, Florida shtatida ham barlar yopilishi ma'lum qilindi.

"Biznes va professional muvofiqlashtirish departamenti zudlik bilan butun shtatdagi barlarda alkogol iste'mol qilinishini to‘xtatadi", - deb yozdi departament boshlig‘i Chelsi Bishers Twitter sahifasida.

Shtatdagi qator shaharlar merlari koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning avj olgani bois barlarda alkogol sotishni taqiqlashganini ma'lum qilishganidan so‘ng ushbu qaror qabul qilindi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid