Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida turistik va dam olish zonalarini tashkil etish taklif qilindi
Qamchiq dovonida turistik va dam olish zonalari tashkil etilishi mumkin.
Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Qamchiq dovonida turistik va dam olish zonalarini tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, ko‘p millionlik aholi istiqomat qiladigan Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari aholisining uzoq hududlarda joylashgan so‘lim maskanlarga borib, dam olib qaytishi juda ham qiyin masala. U yerlarga borish va qaytishga ketadigan vaqt faqat yo‘lga sarflanadi.
“Shu sababdan, Qamchiq dovonida dam olish maskanlarini tashkil etish vodiy viloyatlari aholisi uchun ayni muddao bo‘lar edi. Bunda arzon mehmonxonalar va mehmon uylarini tashkil qilish, ularni topish oson bo‘lishi uchun internetga joylashtirish (shu jumladan, Google maps va Yandeks kartalarga ham), tog‘larga chiqish mumkin bo‘lgan hududlarni ajratish, avtomobillar to‘xtashi mumkin bo‘lgan hududlarni tashkil etish, Ohangaron suv omborini sayyohlar uchun ochish, qayiqlar va boshqa infratuzilmalarni yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Qamchiq dovonida turistik dam olish zonalarini tashkil etish taklif qilingan.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025