Uzcard tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiyalar haqidagi ma'lumotlarni to‘liq taqdim etmagan – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma'lum qilishicha, Uzcard – «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiya tuzish bilan bog‘liq hisob-kitob materiallarini to‘liq taqdim etmagani sababli o‘rganish jarayoni 55 kundan beri yakuniga yetmayapti.
«Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiyasini o‘rnatilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha o‘z ishini davom ettirmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan tovar bozorida sotiladigan mol (ish, xizmatlar) uchun monopolistik jihatdan yuqori va monopolistik jihatdan past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan Qo‘mita tijorat banklariga tegishli onlayn omonat xizmatlari uchun komissiya tuzishga tegishli hisob-kitob materiallar va asoslarni talab qildi.
Unga ko‘ra, bugungi kunga kelib «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJdan Qo‘mita tomonidan so‘ralgan tegishli ma'lumotlar to‘liq berilmagani sababli, o‘rganish muddatini cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan so‘ralgan ma'lumotlar taqdim etilmasa, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xo‘jalik yurituvchi sub'yektning ma'muriyati ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin», deyiladi qo‘mitaning rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 may kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan «Yagona umum respublika protsessing markazi» MChJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiyasini o‘rnatilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganayotganini ma'lum qilgan edi.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan 104 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni o‘z ichiga olgan davlat reyestrida «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ xususiy hisoblangan kam sonli ustun mavqedagi kompaniyalardan biri hisoblanishi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
Mavzuga oid

15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi

15:25 / 30.03.2022
Uzcard yangicha to‘lov kartalari chiqaradi

12:54 / 30.09.2021
«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi

12:47 / 25.05.2021