Aniqlanişiça, 2020 yil noyabr oyida SEOJSX Xorazm viloyati boşqarmasi Urganç tuman bölimi boşliği lavozimiga Ikrom Boltaboyeviç Ataniyazov tayinlangan. 2021 yil 26 martda bölim binosi va hojatxonasini joriy ta'mirlaş uçun tanlov e'lon qilingan va 7 aprel kuni ötkazilgan.
Qiymati 225,5 mln söm bölgan joriy ta'mirlaş işlari uçun ötkazilgan tanlovda «JK» MÇJ ğolib sifatida tanlab olingan. Örganiş davomida mazkur korxona ustav fondidagi uluşlari, yuridik şaxslar reyestriga köra, töliğiça bölim boşliği Ikrom Ataniyazovning ukasiga tegişli ekanligi aniqlangan.
«Raqobat muhitini yanada rivojlantiriş va iqtisodiyotdagi davlat iştirokini qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab, davlat buyurtmaçisi, strategik ahamiyatga ega bölgan xöjalik jamiyati va korxonasi bilan manfaatlar töqnaşuviga ega bölgan xöjalik yurituvçi sub'yekt davlat xaridlarini yoki eng yaxşi takliflarni tanlab olişning yoxud töğridan töğri muzokaralar iştirokçisi bölişi mumkin emas.
Şuningdek, «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunining 40-moddasida davlat xaridlari jarayonida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Şunga asosan, SEOJSX Xorazm viloyati boşqarmasi Urganç tuman bölimiga nisbatan belgilangan tartibda iş qözğatilgan. Işni körib çiqiş natijalariga köra, tanlov savdosi bekor qilingan va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 178-qism 6-qismiga muvofiq rasmiylaştirilgan ma'muriy iş hujjatlari tegişli sud organiga ötkazilgan.


















