Bilasizmi, hozir biroz boşqaça davr. Yangilik va fikr yetkaziş formati, uslubi, erkinligi şu qadar özgartirdiki, uni bir qolipga solib bölmaydi. Bir tomondan baholab bölmaydi. Bu öz navbatida oson, ham qiyin davr. Endi qanday yoziş, öquvçilarni jalb qiliş, qanday uslub tanlaşdan ham köra, muqaddas ölçovlarni uşlaş, unga amal qiliş orqali bu sohani tozaroq, xolisroq, erkinroq uşlab turiş mumkin.

Sohada qalam tebratayotgan aksariyat jurnalistlar şu sohada öqimaganlar, universitet partalarida ötirmaganlar. Demak, professional, usta jurnalistlarning mas'uliyati yanada kattalaşadi – endi ular öz faoliyatlari orqali örnak bölişlari, jurnalistlarga jurnalistikani örgatişlari kerak böladi.

Futbol, umuman sport jurnalistikasi haqida gap ketganda, ustozim Xayrulla Hamidovni alohida e'tirof etaman. Negaligini quyida tuşuntiraman.

Abdulla Qodiriy «Ötgan kunlar» bilan özbek romançiligiga asos solmaganida ham baribir, bir kun ilk roman yozilişi muqarrar edi. Çunki abadiy muhit bu uçun şaroit yaratib bölgan, öquvçi yangilik uçun tayyor palla kelgandi, menimça. Ammo bu Qodiriyning xizmatlarini kamsitmaydi, albatta, aynan u - köpçilik hayiqib turgan bir davrda, bu sohada ilk qadamni taşlay olgan adib...

Xuddi adabiyot singari, futbol şarhlovçiligi ham, jurnalistikasi ham turli davrlarda öziga xos özgarişlarni boşdan keçirgani şubhasiz. Çunki jamiyat rivojlanadi, şakl va uslub özgaradi, öz-özidan odamlar yangiliklarga tayyor bölib boraveradi. Ammo jurnalistikaning bu özgarişlarga öz vaqtida reaksiya bera olişi uçun alohida bir şaxsiyatlarga, qaysidir ma'noda öz «qodiriylari»ga tayanişini e'tirof etgan bölardim.

Misol uçun, rus şarhlovçi Vasiliy Utkinni olaylik. Hammamiz ham öz vaqtida rus şarhlovçilik maktabi bilan taniş bölganmiz, hozir ham befarq emasmiz. Ozerov, Pereturin, Maslaçenko kabi eski avlod bilan bugungi Geniç, Stogniyenko yoki yoşi katta bölsa-da, yangi avlod vakili bölgan Rozanovlar örtasida Vasiliy Utkin turadi.

Tengdoşlaridan farqli ravişda, aynan Utkin özgariş payti kelganini his qila olgan, öşa paytlargaça borilmagan çegaralarni buzgan, qaysidir ma'noda şarhlovçilik va umuman sport jurnalistikasining yangi davriga asos solişga muvaffaq bölgandi.

Özbek futbol şarhlovçiligi yoki jurnalistikasi haqida gap ketganda, Xayrulla Hamidovni mana şunday maktab asosçisi deb bilaman. 90-yillarda yozma jurnalistika, nolinçi yillar boşida şarhlovçilik kasbiga kirib kelgan Xayrulla Hamidov öşa çegaralarni ilk bor bosib ötgan, özi bilibmi-bilmaymi, özidan oldingi va keyingi jurnalistika örtasida köprik vazifani ötagandi. Xabar yetkazişning yangi davri, eng muhim farq, endi yozuvçi va öquvçi örtasida muloqot hosil bölişni boşlagan, bu muloqotning özi ham alohida bir matbuotga aylanişni boşlagan pallalarda Xayrulla Hamidovning uslubiga talab paydo bölgandi.