Şavkat Mirziyoyev kiçik sanoat hududidagi erkaklar kostyumi, kurtka va palto işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «Zamin kiyim sanoat» korxonasida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişdi. Qiymati 24 milliard sömga teng loyihaga köra yiliga 10 milliard sömlik mahsulot işlab çiqariladi va 300 ming dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportga çiqariladi. 300 kişi iş bilan ta'minlanadi.

Ismatilla Usmonov, korxona ta'sisçisi:
– Bu sanoat hududi örni yaqin yillarda ham qaqrab yotgan daştlik bölgan. Qöli gul inson mehnati samarasi bilan bu yerda ulkan işlab çiqariş obektlari barpo etilyapti. Şulardan biri köp turdagi mahsulotlari bilan içki va taşqi bozorda öz örniga ega bölgan Usman Brothers brendini ilgari surayotgan «Zamin kiyim sanoat» tikuvçilik korxonamiz.
· “Yuksaliş” kiçik sanoat hududi 117 gektar maydonni egallagan. Mazkur sanoat majmuasida quriliş materiallari, maşinasozlik va metallga işlov beriş, elektrotexnika, töqimaçilik va tikuvçilik kabi yönalişlarda umumiy qiymati 1 trillion 208 milliard sömlik 95ta loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan. Bugungi kungaça 66,9 milliard sömlik 32 ta loyiha işga tuşirilgan bölib, 311,1 milliard sömlik işlab çiqariş quvvatiga erişildi. Mazkur loyihalar töliq işga tuşsa, 7 ming 300ta iş örni yaratilib, yiliga 7,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi.
Davlat rahbarining özi işlab sanoatni yaxşi tuşunişi sohamizga oid kiçik masalalargaça qiziqib söraşidan bilinadi. Bizga taşrif çoğida ham prezidentimiz xomaşyo qayerdan olinayotgani, mahalliylaştiriş foizlari, iş örinlari yaratiş rejalari bilan qiziqdi. Tikuvçilarimizdan ham hol-ahvol sörab köngillarini kötarib qöydi. Asosiy işlarni bajaruvçilar şularda, xursand bölib qolişdi.

Şuningdek davlatimiz rahbari kelgusi rejalarimiz bilan ham qiziqdi. Işlab çiqariş hajmini yaqin yillardayoq kamida ikki karra oşirişimiz böyiça ma'lumotlarni taqdim qildik. Nasib qilsa, bu rejalarni ham amalga oşirib yuzimiz yoruğ böladi.
Ismatilla Usmonovdan tekstil sohasida Namangan viloyati oldinlab ketişi siri haqida söraganimizda qisqa qilib javob berdi:
– Şahrimiz azaldan tikuvçilikda ilğor bölgan. Buning siri oddiy – mehnat. Namanganni hozir bejiz “Tekstil poytaxti” deyişmaydi. Köz tegmasin, tikuvçilarimiz mahorati dunyoning har qanday nuqtasida xijolat qilmaydigan darajaga yetib qoldi. Biz olti aka-ukamiz va dadamiz boşçiligida asosan şu yönalişda tadbirkorlik qilamiz.























