Jinsiy zöravonlik qilib 10 yilga hukm qilingan jinoyatçi 1 yilda erkinlikka çiqdi va bu jinoyatni 2 marta takrorladi. Bu holat öz-özidan yuz bergani yöq — bu nazoratsizlik va himoyasizlikning natijasi. Ayniqsa bolalarga nisbatan.

Oldingi fojialardan söng ham heç narsa özgarmadi

Namanganda erkak 7 yoşli qizçani zörladi. U avval ham şunday jinoyat qilgan. 2014 yilda jinsiy zöravonlik qilib 10 yilga qamalgan va bor-yöği 1 yilda çiqib kelgan. 2020 yilda erkak yana şu toifadagi jinoyat bilan 10 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Lekin muddatidan oldin qamoqdan ozod etilgan. Bu qarorni kim qabul qildi? Nega jamiyatga tahdid bölgan jinoyatçi yana bir bolaning bolaligini öğirladi?

Bu savollar bugun butun jamoatçilikning oğzida. Ammo afsuski, heç kim javob bermayapti.

2023 yilda Toşkentda jinsiy zörlanib öldirilgan qizaloq voqeasidan söng mamlakat böylab katta rezonans kötarilgan edi. Faollar “pedofillar uçun kastratsiya” va “oçiq reyestr” joriy etilişini talab qilişdi. Bu talab parlament muhokamasigaça yetib bordi. Ammo oradan ikki yil ötdi — hali ham heç qanday amaliyot yöq. Natijada, bugun yana bir bola qurbon böldi.

Reyestr va kastratsiya: töliq çora bölmasligi mumkin

AQŞ 1994 yilda “Megan qonuni”ni qabul qilib, pedofillar reyestrini yölga qöydi. Hozirda u yerda 900 mingdan ortiq şaxs reyestrda qayd etilgan. Ular yaşaydigan manzildan to iş joyigaça, hatto maşina raqamigaça politsiyada bor. Ayrim ştatlarda esa bu ma’lumotlar internetda oçiq körsatiladi.

Şundan söng mamlakatda bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaygan. Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Polşa va Janubiy Koreya ham bu tizimni qabul qilgan va natija körgan. Demak, reyestr nafaqat jinoyatçilarni aniqlaş uçun, balki profilaktika uçun ham işlaydigan vositalardan biri hisoblanadi.

Kimyoviy yoki xirurgik kastratsiya dunyoda köplab mamlakatlarda amalda. Polşa, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Janubiy Koreyada bu usul natijasida qayta jinoyat sodir etiş holatlari 10 foizga tuşgani isbotlangan.

Kompleks çora kerak

Pedofillar uçun eng samarali usul kompleks çora köriş. Çunki pedofillik — bu faqat jinoyat emas, ruhiy buziliş. Şuning uçun kastratsiya, reyestr bilan birgalikda pedofillar bilan ruhiy reabilitatsiyaning birga olib borilişi eng katta samarani beradi.