Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida 7 yoşli qiz öz qarindoşi bölgan katta yoşli şaxs tomonidan zörlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, 1987 yilda tuğilgan B.S. 2025 yil 14 oktyabr kuni toğasi J.M.ning yaşaş xonadoniga töy marosimiga borgan. U töyda toğasining 2018 yilda tuğilgan nevarasi I.K.ni voyaga yetmaganligidan foydalanib, aldagan holda çetga olib çiqqan. Söngra qizaloqning nomusiga tegib, voqea joyidan yaşiringan.

Erkak 2 kunlik qidiruvdan söng qölga olingan. Jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudining 2025 yil 16 oktyabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

B.S. oldin ham nomusga tegiş jinoyatini sodir qilib, sudlangani ma’lum böldi. Xususan, u JIB Namangan tuman sudining 2020 yil 26 fevraldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. JIB Çirçiq şahar sudining 2025 yil 19 fevraldagi ajrimi bilan B.S.ning ötalmagan 5 yil 1 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şu muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.

Bungaça esa JIB Namangan şahar sudining 2014 yil 15 yanvardagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 2-qismi “a,b,v” bandlari, 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. JIB Ohangaron tuman sudining 2015 yil 16 iyuldagi ajrimiga köra, ötalmay qolgan 3 yil 1 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şu muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.

Ma’lumot uçun, 2024 yil 7 avgustdagi qonun bilan Jinoyat kodeksiga özgartiriş kiritilgan bölib, unga köra jazoning ötalmagan qismini yengilroği bilan almaştiriş 18 yoşga tölmagan jabrlanuvçining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zörlik işlatib, jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondirganlik uçun qöllanmaydi.