Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar patent olish uchun koronavirusga test topshirishi kerak bo‘ladi
Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish uchun endi chet elliklar avval COVID-19’ni tekshiruvdan o‘tishi kerak. Tegishli buyruq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarildi.
Buyruq bilan yangi koronavirus infeksiyasi tegishli kasalliklar ro‘yxatiga kiritildi. Endi agar ushbu infeksiya aniqlansa, boshqa davlatlar fuqarolariga Rossiyada yashash va ishlash imkoniyati rad etiladi.
Koronavirusdan tashqari, ushbu ro‘yxatga OIV, sil, sifilis (zaxm) va moxov ham kiritilgan.
Buyruqda aytilishicha, Rossiyada qonuniy bo‘lish uchun chet elliklar yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokorga borishi va nuklein kislotasini kuchaytirish usullaridan foydalangan holda COVID-19’ga laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak, ya'ni koronavirus uchun PZR testini topshirish lozim.
Ilgari, ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma asosida O‘zbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga patent olishlari mumkin edi, shundan keyin ular rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan bo‘lsa, mamlakatdan chiqmasdan yana bir marta qayta ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega edilar. 17 aprel kuni Davlat dumasi chet el fuqarolarining Rossiyadan chiqib ketmasdan mehnat patentlarini uzaytirish huquqini qonuniylashtirdi.
Moskva uchun 2020 yilda patentning oylik qiymati 5350 rubl (76,6 AQSh dollari) miqdorida belgilangan.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026